Янгиликлар
21
Yoshlarning huquqiy bilimlarini oshiramiz!
Adliya organlari tomonidan haftaning har chorshanba kuni yoshlarning huquqiy bilimini oshirishga qaratilgan "Huquqiy axborot kuni" targ'ibot tadbirlari o'tkaziladi.
Bugun poytaxtdagi qator umumta’lim maktablarida adliya xodimlari ishtirokida huquqiy targ'ibot darslari bo’lib o’tdi. Targ'ibot tadbirlari davomida o‘quvchilarga O'zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi, fuqarolarning huquqlari, burchlari haqida hamda qonunchilikda qabul qilingan yangiliklar haqida ma'lumotlar berildi.
Shuningdek, "Huquqiy axborot kuni" doirasida yoshlar o'rtasida qiziqarli viktorinalar tashkil etilib, faol ishtirok etgan yoshlar badiiy kitob va esdalik sovg’alari bilan taqdirlanishdi