Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 203-60-03

Elektron manzil
toshkent@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

O‘quv-simenari o'tkazildi 04.04.2024 O‘quv-simenari o'tkazildi
So’nggi vaqtlarda Yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari tomonidan shartnomaviy-huquqiy hamda mehnat-huquqiy munosabatlarga tegishli hujjat loyihalarini ko‘rib chiqishda bir qator muammoli holatlar uchramoqda.

Toshkent shahar adliya boshqarmasi tomonidan Yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari xodimlari hamda tashkilotlarning “E-huquqshunos” tizimiga mas’ul xodimlari ishtirokida Zoom platformasi orqali o‘quv-simenar o'tkazildi.

Unda xizmat safarlariga yuborish, mutaxassis ajratish, xodimni safarbar etishning o‘zaro farqi hamda shartnomalarni huquqiy ekspertizadan o‘tkazish tartibi bo’yicha tushintirishlar berildi.

Mahallalarda yoshlar muammolari o’rganilmoqda 02.04.2024 Mahallalarda yoshlar muammolari o’rganilmoqda
Toshkent shahar adliya boshqarmasi tomonidan tumanlarda  adliya boʻlimi, Yuridik xizmat koʻrsatish markazi xodimlari ishtirokida oʻzlariga biriktirilgan mahallalar hududida uyma-uy yurgan holda  yoshlar muammolari o’rganilmoqda.

Uchrashuvlar davomida ogʻir toifadagi yoshlar, ishsiz yoshlar hamda migratsiyadagi yoshlarning ota onalar bilan muloqot qilinib, ularni o’ylantirayotgan masalalar tinglanib, joyida huquqiy tushunchalar berilmoqda.

Shuningdek, har bir yosh bilan oʻtkazilgan suhbat yuzasidan "Suhbat anketasi" toʻldirilmoqda.

94 yoshli Galina Krovyakovaga tug‘ilganlik guvohnomasi tiklab berildi 01.04.2024 94 yoshli Galina Krovyakovaga tug‘ilganlik guvohnomasi tiklab berildi
Chilonzor tumani “Fidokor” mahallasida yashovchi 1930 yilda tug‘ilgan  Galina Krovyakova tug‘ilganlik haqidagi guvohnomasining yo‘qolgani va uni qayta tiklash bo‘yicha 1-son  FHDY bo‘limiga murojaat qilgan.

”Hech bir shaxs xujjatsiz qolmaydi” huquqiy aksiyasi doirasida. 94 yoshli ayolga tug‘ilganlik haqida takroriy guvohnoma rasmiylashtirib berildi.

Maʼlumot o‘rnida bugunga qadar huquqiy aksiya doirasida Toshkent shahri bo‘yicha 2 508 nafar shaxslarga tegishli hujjatlar rasmiylashtirildi.

▫️451 nafar shaxsning tug'ilishi qayd etilib, tug‘ilganlik haqidagi guvohnomalar berildi;
▫️476 nafar shaxsning yaqin qarindoshining o'limi qayd etilib, o'lim haqidagi guvohnomalar berildi;
▫️25 nafar shaxsga tug'ilganlik va o'lim haqida takroriy guvohnomalar berildi;
▫️719 nafar shaxsga ID-kartalar berildi;
▫️837 nafar shaxsning tegishli tadbirkorlik subyektlari davlat ro'yxatidan o'tkazildi.

Xotin-qizlarning qanday huquqlari bor? 29.03.2024 Xotin-qizlarning qanday huquqlari bor?
Qonunchilikka ko‘ra, xotin-qizlarga tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yish uchun Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash davlat maqsadli jamg‘armasi hisobidan 3 yilgacha va 6 oygacha imtiyozli davr bilan yillik 14 foiz stavkada 33 million so‘mgacha kreditlar ajratiladi (https://lex.uz/docs/5320582).

Kreditlar quyidagi dasturlarni muvaffaqiyatli tugatgan xotin-qizlarga beriladi:

➖ Tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi va Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi ma’qullangan dasturlar asosidagi o‘quv kurslari;

➖ “Ishga marhamat” monomarkazlari, kasb-hunarga o‘qitish markazlari, mahallalardagi kasb-hunarga o‘qitish maskanlari va Xotin-qizlar tadbirkorlik markazlari yoki nodavlat ta’lim muassasalarining kasbga o‘rgatish o‘quv kurslarining maxsus o‘qitish dasturlari. (https://t.me/huquqiyaxborot)

Bir oilaning 6 nafar farzandiga guvohnomalar rasmiylashtirildi 27.03.2024 Bir oilaning 6 nafar farzandiga guvohnomalar rasmiylashtirildi
Bektemir tumani “Iyk Ota” mahallasida  istiqomat qiluvchi  Sohiba Xaqqulovaning 6 nafar farzandida shu kunga qadar tug‘ilganlik haqida guvohnomasi bo‘lmagan.

Bolalarning barchasi uyda tug‘ilgani sabab ham ular hujjatsiz yashab kelishgan.

“Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi” huquqiy aksiyasi doirasida Bektemir tumani FHDY bo'limi tomonidan barcha hujjatlar rasmiylashtirilib, bolalarning barchasiga guvohnomalar topshirildi.

“Islohotlarda daxldorman” loyihasi faollari talabalar bilan uchrashdi 26.03.2024 “Islohotlarda daxldorman” loyihasi faollari talabalar bilan uchrashdi
Toshkent shahar adliya boshqarmasi va Toshkent davlat yuridik universiteti hamkorligida “Islohotlarda daxldorman” shiori ostida “tengdosh-tengdoshga” tamoyili asosida Geologiya fanlari universitetida huquqiy targ’ibot tadbiri o’tkazildi.  

Talabalar uchun  o’tkazilgan uchrashuvda loyiha faollari,  bir guruh talabalar va o’qituvchilar mamalakatimizda yoshlar siyosati sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, Vatanga muhabbat, sadoqat, tuyg‘ulari haqida suhbat o‘tkazishdi.

Tadbir davomida talabalar bilan qisqa savol-javoblar o‘tkazilib, faol yoshlarga esdalik sovg‘alari topshirildi.

Yoshlar uchun zamonaviy kutubxonlar ochildi 19.03.2024 Yoshlar uchun zamonaviy kutubxonlar ochildi
Navro‘z ayyomi arafasida Toshkent shahrining 10 ta tumanida  yoshlar uchun yangi kutubxonalar ochildi.

Adliya vazirligining “kutubxona” loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan xayrli tashabbus doirasida mahallalarda ochilgan yangi kutubxonalar o‘zbek adabiyoti durdonalari, bolalar adabiyotlari, tarixiy asarlar, jahon adabiyoti, hamda Prezident asarlari bilan boyitildi.

Jumladan, Olmazor tumanining “Ziyokor” mahallasida ochilgan mo‘jazgina kutubxona ham mahalla yoshlari uchun bayram arafasida katta sovg‘a bo‘lganini tadbirda ishtirok etgan yozuvchilar, mahalla faollari va nuroniylar alohida taʼkidlashdi.

Mazkur loyihaning o‘z oldiga qo‘ygan maqsadi yurtimiz yoshlari orasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish, ularda kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishni orttirish va intellektual salohiyatini oshirishga bo‘lgan intilishni qo‘llab-quvvatlashdir.

Hashar – elga yarashar! 16.03.2024 Hashar – elga yarashar!
Yurtimiz bo‘ylab 16-18 mart kunlari “Navro‘z” umumxalq bayramini nishonlash hamda muborak Ramazon oyini munosib o‘tkazish maqsadida “Obod va fayzli mahalla – yurt ko‘rki” shiori ostida umumxalq xayriya hashari o‘tkazilmoqda. 

Toshkent shahar adliya boshqarmasi xodimlari ham hasharda faol ishtirok etmoqda. Xayriya hashari davomida binolar atroflari tozalanib, obodonlashtirilmoqda, daraxtlar oqlanib, shakl berilib, gullar ekilmoqda.

Yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari faoliyati o‘rganilmoqda   15.03.2024 Yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari faoliyati o‘rganilmoqda  
Toshkent shahar аdliya bosqarmasi tomonidan Yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari faoliyatidagi muammo va kamchiliklarni o‘rganib, ularni bartaraf etish yuzasidan joylarda seminarlar tashkil etilmoqda.

O‘tgan yilgi tahlillar shuni ko‘rsatmoqdaki, Yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari tomonidan 390 895 ta hujjatlarga xulosalar berilgan. Shundan 30 015 ta hujjatlar qonunchilikka zidligi sababli salbiy xulosa berilib, hujjatlardagi  kamchiliklar sababli rad qilingan.

Seminarlarda yuridik xizmat ko‘rsatiladigan tashklotlar tomonidan “E-huquqshunos” tizimi orqali yuborilayotgan hujjat loyihalarini rad etilish sabablarini bartaraf etish bo‘yicha huquqiy tushuntirishlar berilmoqda.

Biz korrupsiyaga qarshimiz! 14.03.2024 Biz korrupsiyaga qarshimiz!
Yakkasaroy tumanida “Biz korrupsiyaga qarshimiz” mavzusida tadbir o’tkazildi. Unda tuman hokimligi, prokuratura, ichki ishlar, adliya xodimlari  va bir qator tashkilotlardan mutasaddilar ishtirok etishdi.

Tadbirda so’z olganlar korrupsiyaga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni o'z vaqtida aniqlash va ularga chek qo'yish bo'yicha salmoqli ishlar olib borilyotganligini takidlashdi.

Shuningdek, korrupsiyaga qarshi kurashishning samarali dasturlarini amalga oshirish, barcha sohalarda korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarga imkon yaratayotgan sabablar va shart-sharoitlarni tag-tomiri bilan yo'qotish borasida takliflar berildi.


Новости 1 - 10 из 763
Начало | Пред. | 1 2 3 4 5 | След. | Конец