Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 203-60-03

Elektron manzil
toshkent@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

Toshkent shahar adliya boshqarmasi rahbariyati tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qilish kunlari 03.10.2023 Toshkent shahar adliya boshqarmasi rahbariyati tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qilish kunlari

Rasman test sinovlari 29-30-avgust kunlari bo‘lib o‘tadi 25.08.2023 Rasman test sinovlari 29-30-avgust kunlari bo‘lib o‘tadi

#Adliya_yangiliklari 27.05.2023 #Adliya_yangiliklari
Poytaxtimizning barcha tuman adliya bo‘limlari Davlat xizmatlari markazlari tomonidan fuqarolarga qo‘shimcha qulayliklar yaratish maqsadida, belgilangan jadval asosida har haftaning shanba kunlari SAYYOR qabullar o‘tkazib kelinmoqda.

Bugungi sayyor qabullar Toshkent shahrining Uchtepa, Yunusobod, Bektemir va Yashnobod tumanlaridagi  “Bog‘obod”, "Quyosh", “1-Charx Kamolon”, “Bo‘z”, “Ma’rifat”, “Uvaysiy”, “Quruvchilar” va “Abay” mahalla fuqarolar yig‘inlarida ko‘tarinki ruhda bo‘lib o‘tdi.

Sayyor qabullar davomida, fuqarolarga uy joy sotib olish uchun subsidiya asosida ipoteka kreditini olish tartiblari, my.gov.uz yagona interaktiv portalidan foydalanish tartibi, Mobil-ID tizimining qulayliklari va sanatoriyalarga yo‘llanmalar olish sohasida davlat xizmatlari ko'rsatilishi haqida batafsil tushuntirishlar berilib, fuqarolarga bir qator Davlat xizmatlari ko‘rsatildi.

Telegram: https://t.me/toshadliya
Facebook: https://www.facebook.com/groups/179796339451957

#Adliya_yangiliklari 26.05.2023 #Adliya_yangiliklari
#Adliya_yangiliklari

Joriy yilning 26-may kuni Toshkent shahar adliya boshqarmasi binosida O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining mas’ul xodimlari tomonidan Poytaxtimizda faoliyat yuritayotgan FHDY bo‘limlari xodimlari uchun “FHDY bo'limlarida ish yuritish jarayonida vujudga kelayotgan muammolar, ularni bartaraf etish choralari” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Mazkur uchrashuv ko‘tarinki ruhda o‘tkazilib, sohani rijojlantirishda xodimlarning ish jarayonida kelib chiqayotgan muammolari yuzasidan takliflari eshitildi.

Telegram: https://t.me/toshadliya
Facebook: https://www.facebook.com/groups/179796339451957
Veb sayt: https://toshkent.adliya.uz

#Adliya_yangiliklari 19.05.2023 #Adliya_yangiliklari
#Adliya_yangiliklari

Joriy yilning 19-may kuni Toshkent shahar adliya boshqarmasining navbatdagi kengaytirilgan hay’at majlisi bo‘lib o‘tdi.

Unda 2023-yil 1-choragida Toshkent shahar adliya boshqarmasi va tuman adliya bo‘limlari, FHDY organlari tomonidan amalga oshirilgan ishlar yakuni, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar va kelgusida bajarilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar muhokama qilindi.

Hay’at majlisida asosiy e’tibor mavjud xato va kamchiliklar hamda ularning ildizlarini puxta tanqidiy tahlil qilishga, faoliyatdagi muammolarni ochiq-oshkora muhokama qilishga qaratildi.

Xususan, adliya organlari va muassasalari tomonidan aholining murojaatlari bilan ishlash borasida ayrim kamchiliklarga yo‘l qo‘yilayotganligi, DXM va FHDY organlari faoliyatidagi kamchiliklar va ularni zudlik bilan bartaraf etish lozimligi aytib o‘tildi.

Telegram: https://t.me/toshadliya
Facebook: https://www.facebook.com/groups/179796339451957
Veb sayt: https://toshkent.adliya.uz

#Adliya_yangiliklari 11.05.2023 #Adliya_yangiliklari
#Adliya_yangiliklari

"Sug‘diyona" gazetasining 2023-yil 11-maydagi 22-sonida Toshkent shahar adliya boshqarmasi sho‘ba boshlig‘i A.Isaqovning
"Kadastr pasporti qachon bepul rasmiylashtiriladi?" nomli maqolasi chop etildi.

Telegram: https://t.me/toshadliya
Facebook: https://www.facebook.com/groups/179796339451957
Veb sayt: https://toshkent.adliya.uz

#Adliya_yangiliklari 09.05.2023 #Adliya_yangiliklari
????Inson xotirasi barhayotdir!

Bugun 9 may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan, Toshkent shahar adliya boshqarmasi jamoasi ajdodlar ruhini shod etish hamda ularni xotirasiga hurmat ko'rsatish maqsadida poytaxtimizdagi Xotira maydoni va “O‘rtoqlik qabri” yodgorik majmuasiga tashrif buyurdilar.

U yerda Motamsaro ona haykali poyiga gulchambar qoʻyib, tinchlik uchun, avlodlar kelajagi uchun jon fido qilgan yurtdoshlarimiz xotirasiga hurmat bajo keltirildi.

Telegram: https://t.me/toshadliya
Facebook: https://www.facebook.com/groups/179796339451957
Veb sayt: https://toshkent.adliya.uz

#Adliya_yangiliklari 08.05.2023 #Adliya_yangiliklari
#Adliya_faxriylari_eʼzozda

Toshkent shahar adliya boshqarmasi tomonidan 9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan ustoz sifatida o‘z tajribasi va hayot yo‘li bilan barcha xodimlar uchun o‘rnak, tom ma’noda ibrat bo‘la olgan mehnat faxriylariga ehtirom ko‘rsatildi.

Iliq muloqot bilan boshlangan uchrashuvlar davomida faxriylarga ularning oʻtgan yillardagi samarali faoliyati uchun minnatdorchilik bildirilib, esdalik sovgʻalari topshirildi.

Telegram: https://t.me/toshadliya
Facebook: https://www.facebook.com/groups/179796339451957
Veb sayt: https://toshkent.adliya.uz

#Adliya_yangiliklari 06.05.2023 #Adliya_yangiliklari
#Adliya_yoshlar_taqdiriga_befarq_emas

Joriy yilning 6-may kuni Shayxontohur tumani adliya bo'limi Yuridik xizmat ko'rsatish markazi boshlig'i D.Tog‘ayev tomonidan tumandagi Charxnovza mahallasidagi yoshlar va ularning yaqinlari bilan uchrashuv tashkil qilindi.

Mazkur tadbir ko‘tarinki ruhda o‘tkazilib, uchrashuv yakunida,
D.Tog‘ayev yoshlarni qiziqtirgan savollariga batafsil javoblar berib o‘tdi.

Telegram: https://t.me/toshadliya
Facebook: https://www.facebook.com/groups/179796339451957
Veb sayt: https://toshkent.adliya.uz

#Adliya_yangiliklari 27.04.2023 #Adliya_yangiliklari
#Adliya_yangiliklari

"Sug‘diyona" gazetasining 2023-yil 27-aprel kungi 17-sonida Olmazor tuman adliya bo'limi Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti Sh.Hosilovaning "Kredit olgandim. Kafilni almashtirish mumkinmi?" nomli maqolasi chop etildi.

Telegram: https://t.me/toshadliya
Facebook: https://www.facebook.com/groups/179796339451957
Veb sayt: https://toshkent.adliya.uz


Новости 41 - 50 из 757
Начало | Пред. | 3 4 5 6 7 | След. | Конец