Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 203-60-03

Elektron manzil
toshkent@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008
28.06.2022

E’LON! Toshkent shahar adliya boshqarmasi tizimidagi bo‘sh ish (vakant) lavozimlarga ishga ishga taklif etadi

Toshkent shahar adliya boshqarmasi tizimidagi bo‘sh ish (vakant) lavozimlarga ishga qabul qilish bo‘yicha

E’LON

Lavozimlar ro‘yxati:

T/r

Tuman nomi

Lavozim nomi

Shtat birligi

1

Bektemir

Tuman adliya bo‘limi boshlig‘i

1

2

Yashnobod

Tuman adliya bo‘limi boshlig‘i

1

3

Mirobod

Tuman adliya bo‘limi boshlig‘i

1

4

Yangihayot

Tuman adliya bo‘limi boshlig‘i

1

5

Mirzo Ulug‘bek

Tuman adliya bo‘limi boshlig‘i

1

6

Olmazor

Tuman yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshlig‘i

1

7

Yangihayot

Tuman davlat xizmatlari markazi Direktori

1

Jami 7 ta shtat birligi

TUMAN ADLIYA BO‘LIMI BOSHLIG‘I.

Faoliyat yo‘nalishi va funksiyalari:

Bo‘limi boshlig‘ining asosiy vazifalari etib quyidagilar:

bo‘lim faoliyatiga umumiy rahbarlik qilish, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli Farmoni va qarori, Vazirlar Mahkamasining qarori va boshqa qonun hujjatlari, shuningdek Vazirlik hujjatlari bilan ushbu tuzilmaga yuklangan vazifalar va funksiyalar bajarilishini tashkil etish;

bo‘lim faoliyati bilan bog‘liq prognoz ko‘rsatkichlarga erishishni so‘zsiz ta’minlash bo‘yicha amaliy chora-tadbirlarni ishlab chiqish va ijrosini ta’minlash;

bo‘lim xodimlari tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq topshiriqlarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi uchun bo‘lim xodimlarining shaxsiy mas’uliyatini oshirish chora-tadbirlarini ko‘rish;

Vazirlik hay’ati qarorlari, Vazir va uning o‘rinbosarlari, hududiy boshqarma boshliqlarining buyruqlari hamda topshiriqlari o‘z vaqtida

va sifatli bajarilishini ta’minlash;

Vazirlik faoliyati sohasiga kiradigan masalalar yuzasidan mahalliy davlat hokimiyati organlari va kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha sektorlar bilan hamkorlik qilish;

bo‘lim mansabdor shaxslarining vakolatlarini belgilash, bo‘lim faoliyatining alohida tarmoqlariga rahbarlik qilish uchun ularning shaxsiy javobgarligi darajasini belgilash;

bo‘lim faoliyatini rejalashtirishni tashkil etish, hududiy tuzilmaning har choraklik ish rejalarini tasdiqlash, ularning bajarilishi ustidan nazoratni ta’minlash;

bo‘limda kadrlarning samarali faoliyat ko‘rsatishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, bo‘lim kadrlar zaxirasini shakllantirish;

bo‘limga ishga qabul qilinayotgan kadrlarning professionalligi,

o‘z ishini bilishi, amaliy tajribaga, yuksak darajada ishchanlik

va ma’naviy-axloqiy fazilatlarga ega ekanligi kafolatini ta’minlash;

bo‘lim xodimlarini rag‘batlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish masalalarini hal qilish, o‘z o‘rinbosarlarini rag‘batlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish to‘g‘risida takliflar kiritish, shu jumladan, ular egallab turgan lavozimda qolishi maqsadga muvofiqligiga doir masalalarni ko‘rib chiqish, ularning shaxsiy mas’uliyatini oshirish bo‘yicha muntazam chora-tadbirlar ko‘rish;

bo‘lim xodimlari tomonidan O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi xodimlarining Odob-axloq qoidalari talablariga rioya qilishini ta’minlash;

“Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiq bo‘limda korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini ko‘rish, shuningdek huquqni qo‘llash amaliyotini va qonun hujjatlarini takomillashtirishga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish orqali ularning sodir etilishiga ko‘maklashuvchi sabablar va shart-sharoitlarni aniqlash, tahlil qilish, bartaraf etish;

bo‘lim xodimlari faoliyatining samaradorligi va natijadorligini tizimli ravishda tanqidiy tahlil qilish, yig‘ilishlarda ularning shaxsiy hisobotlarini eshitish, ularning yakunlari bo‘yicha zarur chora-tadbirlar ko‘rish;

bo‘lim faoliyatiga oid masalalar bo‘yicha qonun hujjatlarini takomillashtirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish hamda ularni ko‘rib chiqish uchun Vazirlik rahbariyatiga kiritish;

jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish, aholi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri va ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish, muntazam ravishda shaxsiy, shu jumladan sayyor qabullar o‘tkazish;

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari bilan samarali hamkorlik qilish, ularning faoliyatida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2016 yil 28 dekabrdagi PF-4904-son Farmoniga muvofiq faol ishtirok etish, jismoniy va yuridik shaxslarning O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasidan tushgan murojaatlarini o‘z vaqtida va to‘laqonli ko‘rib chiqish;

bo‘lim xodimlariga moddiy yordam berish, ularni mukofotlash, rag‘batlantirish va ularga intizomiy chora qo‘llash to‘g‘risida qaror qabul qilish, ularni davlat mukofotlari va idoraviy mukofotlar bilan taqdirlash to‘g‘risida ish beruvchiga takliflar kiritish;

davlat sirini yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa sirni tashkil etuvchi ma’lumotlarning himoya qilinishini ta’minlash;

hokimlarga hamda davlat organlari va tashkilotlarining tumanlar (shaharlar) tuzilmalariga qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarni qo‘llash masalalari bo‘yicha maslahatlar berish;

davlat organlari va tashkilotlari tuman (shahar) tuzilmalarining qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar ijrosini tashkil etish bo‘yicha faoliyatiga uslubiy rahbarlik qilish va muvofiqlashtirish;

qabul qilinayotgan qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati va ahamiyatini tumanlar tuzilmalaridagi ijrochilarga yetkazish, “respublika – viloyat – tuman – mahalla” prinsipi bo‘yicha huquqiy targ‘ibot va aholining huquqiy savodsizligiga barham berish borasida, shu jumladan huquqni muhofaza qiluvchi va sud organlari bilan birgalikda chora-tadbirlarni amalga oshirish;

tumanlar (shaharlar) hokimlari va xalq deputatlari Kengashlarining qarorlarini qonun hujjatlariga, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning maqsad va vazifalariga muvofiqligi nuqtai nazaridan huquqiy ekspertizadan o‘tkazish;

huquqni qo‘llash amaliyotini o‘rganish va tahlil qilish, uning barqarorligi va bir xilligini ta’minlash bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish;

inson huquqlarini himoya qilish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish, o‘z vakolatlari doirasida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish;

davlat organlari va tashkilotlarining tuman (shahar) tuzilmalarida huquqiy ishlarning holatini monitoring qilish, shuningdek, ularning yuridik xizmatlari faoliyatini muvofiqlashtirish, nazorat qilish

va metodik ta’minlash;

har chorakda tegishlicha tuman (shahar) xalq deputatlari Kengashlariga tuman (shahar) darajasidagi davlat organlari va tashkilotlarining norma ijodkorligi hamda huquqni qo‘llash amaliyoti holati bo‘yicha axborot taqdim etish;

bo‘lim tomonidan kiritilgan taqdimnomalarni ijrosini o‘z vaqtida va sifatli ta’minlanishini nazorat qiladi, bu sohada amalga oshirilgan ishlarni har chorak yakunlari bo‘yicha tahlil qilib, umumlashtirib boradi

va rahbariyatga tegishli takliflar kiritadi;

bo‘lim ish rejalarini ishlab chiqadi, ularning bajarilishi yuzasidan hisobot beradi;

bo‘limga tegishli barcha hujjatlarni belgilangan tartibga rioya qilgan holda sifatli va muddatida ko‘rib chiqilishini ta’minlaydi;

rahbariyat yig‘ilishlariga takliflar kiritadi;

Adliya vazirligi tarkibiy tuzilmalari tomonidan so‘ralgan ma’lumotlarni belgilangan tartibda taqdim etish belgilanadi.

Adliya vazirligi rahbariyati va boshqarma boshlig‘i ko‘rsatmasiga asosan hamda qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vazifalarni amalga oshiradi.

Malakaga oid talablar:

Yurisprudensiya mutaxassisligi bo‘yicha oliy ma’lumotga ega bo‘lish;

• mutaxassislik bo‘yicha kamida 2 yil rahbarlik lavozimidagi ish staji;

•davlat tilini mukammal bilish hamda xorijiy tillarni (rus va ingliz tillari) mukammal bilish (ustuvorlik beriladi).

TUMANI YURIDIK XIZMAT KO‘RSATISH MARKAZI BOSHLIG‘I.

Faoliyat yo‘nalishi:

·      yuridik xizmat ko‘rsatiladigan davlat organlari va tashkilotlari faoliyatini huquqiy jihatdan ta’minlash;

·      davlat tashkilotlariga sifatli va malakali yuridik yordam ko‘rsatish;

·      davlat tashkilotlari xodimlarining huquqiy savodxonligi va huquqiy madaniyatini oshirish;

·      davlat tashkilotlarining mulkiy hamda boshqa huquqlari va qonuniy manfaatlari o‘z vaqtida, har tomonlama va samarali himoya qilinishini ta’minlash;

·      davlat tashkilotlari tomonidan qabul qilinayotgan hujjatlarning qonuniy hamda har tomonlama puxta va sifatli bo‘lishini ta’minlash.

 

Faoliyat sohasi asosida quyidagi bilim-ko‘nikmalarga ega bo‘lish zarur:

·      faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha qonunchilik va huquq amaliyotini yuqori saviyada bilish;

·      axborotni tahlil qila olish va umumlashtirish, axborot-tahliliy materiallar tayyorlash;

·      aniq tadbirlar rejasini ishlab chiqish va amalga oshirish;

·      huquqiy va rasmiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash;

·      jamoada ishlash qobiliyatiga ega bo‘lish;

·      sohani va qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlash;

·      qaror qabul qilish va kommunikabillik qobiliyatiga ega bo‘lish;

·      huquqiy targ‘ibot ishlarini amalga oshirish;

·      rasmiy hujjatlarni tayyorlash;

·      kompyuter va boshqa orgtexnika, zarur dasturiy ta’minotlardan foydalana olish.

 

Rasmiy talablar:

·      yurisprudensiya mutaxassisligi bo‘yicha oliy ma’lumotga ega bo‘lish;

·      mutaxassislik bo‘yicha kamida 2 yil ish staji shu jumladan 1 yil rahbarlik lavozimida, muqaddam bevosita faoliyat yo‘nalishida ishlaganlar afzallikga ega bo‘ladi;

·      davlat tilini mukammal bilish hamda xorijiy tillarni (rus va ingliz tillari) mukammal bilish (ustuvorlik beriladi).

TUMAN DAVLAT XIZMATLARI MARKAZI DIREKTORI.

I. Faoliyat yo‘nalishi va funksiyalari (barcha boshqaruv lavozimlari uchun):

•“yagona darcha” tamoyili bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishni ta’minlash;

•tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan ro‘yxatdan o‘tkazish, ruxsat berish va litsenziya tartibotlaridan o‘tishda shaffoflikni ta’minlash;

•davlat organlari va davlat xizmatlari ko‘rsatadigan boshqa tashkilotlar bilan mustahkam o‘zaro hamkorlik o‘rnatish, tadbirkorlik sub’ektlariga davlat xizmatlari ko‘rsatishda byurokratik to‘siqlarga yo‘l qo‘ymaslik;

•tadbirkorlik sub’ektlariga axborot yordami ko‘rsatish, shu jumladan davlat xizmatlari ko‘rsatish tartibi va muddatlari to‘g‘risida bepul konsultatsiyalar berish;

•ish haftasi davomida belgilangan tartibda Davlat xizmatlari markazi axborot–kommunikatsiya tizimi, shuningdek, kompyuter qurilmalarining tanaffuzsiz ishlashini ta’minlash;

•Davlat xizmatlari markazi xodimlarini davlat xizmatlari haqidagi ma’lumotlarni olish uchun davlat organlarining rasmiy saytlaridagi zarur axborotlar bilan tanishtirish;

•arizachilar tomonidan navbatni kutishlari uchun navbatni boshqarish elektron tizimining uzluksiz ishlashini tashkil qilish.

II. Lavozimga oid rasmiy talablar:

1. Direktor:

huquqshunoslik, iqtisodiy, moliyaviy, soliq, bank ishi yoxud axborot texnologiyalari mutaxassisligi bo‘yicha oliy ma’lumotga ega bo‘lish;

mutaxassislik bo‘yicha kamida 3 yil ish staji;

davlat tilini mukammal darajada bilish (rus va ingliz tillarini bilish ustunlik beradi);

shaxsiy xususiyatlar: mehnatsevarlik, xushmuomalalik, diplomatiya, vazminlik, vijdonlilik.

MA’LUMOT UChUN:

Boshqarmaning ikki bosqichli tanlov jarayonidan muvaffaqiyatli o‘tgan tuman adliya bo‘limi boshlig‘i, Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshlig‘i, davlat xizmatlari markazi direktori lavozimi uchun nomzodlar bilan O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining maxsus komissiyasi ijobiy hulosasiga asosan mehnat shartnomasi tuziladi.

Murojaat muddati va manzil:

Nomzodlar 2022-yil 14-iyulga qadar O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining https://vacancy.adliya.uz/ saytiga kirib ro‘yxatdan o‘tishlari hamda belgilangan tartibda hujjatlarni yuklagan holda mutaxassisligiga mos bo‘lgan lavozimni tanlab yuborishlari lozim (ma’lumot uchun telefon: 71-203-60-06)

Ishga qabul qilish tartibi va savollar doirasi bilan https://www.minjust.uz/uz/about/jobs/vac_questions/ havola orqali tanishishingiz mumkin.

Adliya organlari va muassasalariga ishga qabul qilish tartibi buzilgan taqdirda yoki korrupsiya holatlari haqidagi xabarlarni Adliya vazirligining 207-04-64 telefon raqamiga yoki @antikorbot telegram kanali orqali hamda 1008 qisqa raqami orqali habar berishingiz mumkin.

Nomzod faqat bitta lavozimga hujjatlarini yuborishi hamda test sinovlari boshlanganligi to‘g‘risidagi habar yuborilgan vaqtdan boshlab 72 soat davomida test sinovlarini topshirgan bo‘lishi lozim.

 

 

Inson resurslari bo‘limi boshlig‘i 

 A.Isakov


Рўйҳатга қайтиш