Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 203-60-03

Elektron manzil
toshkent@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008
02.07.2022

E’LON! Toshkent shahar adliya boshqarmasi tizimidagi bo‘sh ish (vakant) lavozimlarga ishga ishga taklif etadi

Toshkent shahar adliya boshqarmasi tizimidagi bo‘sh ish (vakant) lavozimlarga ishga qabul qilish bo‘yicha

E’LON

Lavozimlar ro‘yxati:

T/r

Tuman nomi

Lavozim nomi

Shtat birligi

1

Sergeli tumani

Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti

1

2

Olmazor tumani

Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti

1

3

Uchtepa tumani

Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti

1

4

Yakkasaroy tuman

Adliya bo‘limi Inson huquqlarini himoya qilish va huquqni qo‘llash amaliyotini o‘rganish bo‘linmasi yetakchi maslahatchisi

1

5

Yunusobod tuman

DXM Telefon xizmati ko‘rsatish va servis bo‘limi (sho‘ba) (Call-markaz) aloqa operatori

0,5

6

Chilonzor tuman

DXM Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bo‘limi (sho‘ba) hisoblash texnikasi operatori

1

7

Bektemir tuman

DXM Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bo‘limi (sho‘ba) hisoblash texnikasi operatori

1

8

Mirobod tuman

DXM Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bo‘limi (sho‘ba) hisoblash texnikasi operatori

1

Jami 7,5 ta shtat birligi

Bosh yuriskonsultning vazifalari

yuridik xizmat ko‘rsatiladigan tashkilotlarning faoliyatini huquqiy jihatdan ta’minlash;

•yuridik xizmat ko‘rsatiladigan tashkilotlarga sifatli va malakali yuridik yordam ko‘rsatish;

•yuridik xizmat ko‘rsatiladigan tashkilotlar xodimlarining huquqiy savodxonligi va huquqiy madaniyatini oshirish;

• yuridik xizmat ko‘rsatiladigan tashkilotlarning mulkiy hamda boshqa huquq va qonuniy manfaatlari o‘z vaqtida, har tomonlama va samarali himoya qilinishini ta’minlash;

• davlat organlari va tashkilotlari tomonidan qabul qilinayotgan hujjatlarning qonuniy hamda har tomonlama puxta va sifatli bo‘lishini ta’minlash.

Lavozim uchun rasmiy talablar

• yurisprudensiya mutaxassisligi bo‘yicha oliy ma’lumotga yoki Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi Yuridik kadrlarni xalqaro standartlar bo‘yicha professional o‘qitish markazida yuridik mutaxassislik bo‘yicha qayta tayyorlash kurslarini tamomlagan va belgilangan namunadagi diplomga ega bo‘lish;

• davlat tilini mukammal bilish hamda xorijiy tillarni (rus va ingliz tillari) mukammal bilish (ustuvorlik beriladi).

Yetakchi maslahatchining vazifalari

-tuman hokimiga hamda davlat organlari va tashkilotlariga qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarni qo‘llash masalalari bo‘yicha maslahatlar berish;

-davlat organlari va tashkilotlarining qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar ijrosini tashkil yetish bo‘yicha faoliyatiga uslubiy rahbarlik qilish va muvofiqlashtirish;

-qabul qilinayotgan qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati va ahamiyatini tumanlar tuzilmalaridagi ijrochilarga yetkazish, «respublika — viloyat — tuman — mahalla» prinsipi bo‘yicha huquqiy targ‘ibot va aholining huquqiy savodsizligiga barham berish borasida, shu jumladan huquqni muhofaza qiluvchi va sud organlari bilan birgalikda chora-tadbirlarni amalga oshirish;

-tuman hokimi va xalq deputatlari Kengashlarining normativ-huquqiy tusdagi qarorlarini qonun hujjatlariga, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning maqsad va vazifalariga muvofiqligi nuqtai nazaridan huquqiy yekspertizadan o‘tkazish;

-huquqni qo‘llash amaliyotini o‘rganish va tahlil qilish, uning barqarorligi va bir xilligini ta’minlash bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish;

-fuqarolarning kundalik hayotida uchraydigan huquqiy muammolarni tahlil qilib borish, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf yetish bo‘yicha ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi qonun hujjatlari takomillashtirilishini ta’minlash;

-inson huquqlarini himoya qilish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish, o‘z vakolatlari doirasida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish;

-davlat organlari va tashkilotlarida huquqiy ishlarning holatini monitoring qilish, shuningdek, ularning yuridik xizmatlari faoliyatini muvofiqlashtirish, nazorat qilish va metodik ta’minlash

-huquqiy targ‘ibot ishlarini amalga oshiradi;

 Lavozim uchun rasmiy talablar

• yurisprudensiya mutaxassisligi bo‘yicha oliy ma’lumotga ega bo‘lish;

• mutaxassislik bo‘yicha ish stajiga yega bo’lish (bosh maslahatchisi lavozimi uchun ustuvorlik beradi);

• davlat tilini mukammal bilish hamda xorijiy tillarni (rus va ingliz tillari) mukammal bilish (ustuvorlik beriladi).

• shaxsiy xususiyatlar: mehnatsevarlik, xushmuomalalik, diplomatiya, vazminlik, vijdonlilik.

Hisoblash texnikasi operatori:

I. Faoliyat yo‘nalishi va funksiyalari:

·  banklar va kredit byurolari, ularning filial va vakolatxonalaridan tashqari barcha tadbirkorlik sub’ektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish ishlarini tashkillashtirishda markaz xodimlariga ko‘maklashish;

·  ariza beruvchilarning vakolatli organlar bilan kontaktsiz o‘zaro hamkorlik qilishini ta’minlash;

·  arizalarning vakolatli organlarga ular bo‘yicha qaror qabul qilish
va ularni tegishli ravishda rasmiylashtirish uchun o‘z vaqtida berilishini ta’minlash;

·  serverlar va ishchi stansiyalarga tarmoqlararo dasturiy ta’minotini o‘rnatish va serverdagi tizimni konfiguratsiyalash;

·  fayl-serverlar, ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi serverlari
va kompyuterlardagi (ishchi stansiya) dasturiy ta’minotni integratsiyalash (o‘zaro bog‘lash)ni ta’minlash;

·  serverlar va ishchi stansiyalar dasturiy ta’minotining yaroqligini ta’minlash;

·  foydalanuvchilarni ro‘yxatdan o‘tkazish, identifikator va parollarni berish.

II. Lavozimga oid rasmiy talablar:

·  axborot texnologiyalari mutaxassisligi bo‘yicha oliy yoki o‘rta-maxsus ma’lumotga ega bo‘lish;

·  davlat tilini mukammal darajada bilish (rus va ingliz tillarini bilish ustunlik beradi);

·  shaxsiy xususiyatlar: mehnatsevarlik, xushmuomalalik, diplomatiya, vazminlik, vijdonlilik.

Aloqa operatori:

I. Faoliyat yo‘nalishi va funksiyalari:

·  “Yagona darcha” tamoyili bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishni ta’minlash;

·   tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan ro‘yxatdan o‘tkazish, ruxsat berish va litsenziya tartibotlaridan o‘tishda shaffoflikni ta’minlashda ko‘maklashish;

·   davlat organlari va davlat xizmatlari ko‘rsatadigan boshqa tashkilotlar bilan mustahkam o‘zaro hamkorlik o‘rnatish, tadbirkorlik sub’ektlariga davlat xizmatlari ko‘rsatishda byurokratik to‘siqlarga yo‘l qo‘ymaslik;

·   tadbirkorlik sub’ektlariga axborot yordami ko‘rsatish, shu jumladan davlat xizmatlari ko‘rsatish tartibi va muddatlari to‘g‘risida bepul konsultatsiyalar berish;

·   tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan telefon orqali berilgan savollarga to‘liq javob berishi yoki malakali mutaxassis bilan bog‘lanishni ta’minlash;

·   telefon tarmog‘ining uzluksiz ishlashini ta’minlash.

II. Lavozimga oid rasmiy talablar:

·   oliy yoki o‘rta-maxsus ma’lumotga ega bo‘lish;

·   davlat tilini mukammal darajada bilish (rus va ingliz tillarini bilish ustunlik beradi);

·   shaxsiy xususiyatlar: mehnatsevarlik, xushmuomalalik, diplomatiya, vazminlik, vijdonlilik.

MA’LUMOT UChUN:

Murojaat muddati va manzil:

Nomzodlar 2022-yil 16-iyulga qadar O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining https://vacancy.adliya.uz/ saytiga kirib ro‘yxatdan o‘tishlari hamda belgilangan tartibda hujjatlarni yuklagan holda mutaxassisligiga mos bo‘lgan lavozimni tanlab yuborishlari lozim (ma’lumot uchun telefon: 71-203-60-06)

Ishga qabul qilish tartibi va savollar doirasi bilan https://www.minjust.uz/uz/about/jobs/vac_questions/ havola orqali tanishishingiz mumkin.

Adliya organlari va muassasalariga ishga qabul qilish tartibi buzilgan taqdirda yoki korrupsiya holatlari haqidagi xabarlarni Adliya vazirligining 207-04-64 telefon raqamiga yoki @antikorbot telegram kanali orqali hamda 1008 qisqa raqami orqali habar berishingiz mumkin.

Nomzod faqat bitta lavozimga hujjatlarini yuborishi hamda test sinovlari boshlanganligi to‘g‘risidagi habar yuborilgan vaqtdan boshlab 72 soat davomida test sinovlarini topshirgan bo‘lishi lozim.

 

Inson resurslari bo‘limi boshlig‘i      

 A.Isakov


Рўйҳатга қайтиш