Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 203-60-03

Elektron manzil
toshkent@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008
12.08.2022

E’LON! Toshkent shahar adliya boshqarmasi tizimidagi bo‘sh ish (vakant) lavozimlarga ishga ishga taklif etadi

Toshkent shahar adliya boshqarmasi tizimidagi bo‘sh ish (vakant) lavozimlarga ishga qabul qilish bo‘yicha

E’LON

Lavozimlar ro‘yxati:

T/r

Tuman nomi

Lavozim nomi

Shtat birligi

1

Mirobod tuman DXM

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bo‘limi hisoblash tenikasi operatori

1

2

Chilonzor tuman DXM

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bo‘limi hisoblash tenikasi operatori

1

3

Shayxontohur tuman DXM

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bo‘limi (sho'ba) hisoblash tenikasi operatori

1

4

Bektemir tuman DXM

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bo‘limi (sho'ba) hisoblash tenikasi operatori

1

5

Toshkent shahar adliya boshqarmasi huzuridagi idoraviy Notarial arxiv

Arxivarius

1

Jami 5 shtat birligi

 

Tuman Davlat xizmatlari markazlari

1.      Hisoblash texnikasi operatori:

Faoliyat yo‘nalishi va funksiyalari:

·    banklar va kredit byurolari, ularning filial va vakolatxonalaridan tashqari barcha tadbirkorlik sub’ektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish ishlarini tashkillashtirishda markaz xodimlariga ko‘maklashish;

·    ariza beruvchilarning vakolatli organlar bilan kontaktsiz o‘zaro hamkorlik qilishini ta’minlash;

·    arizalarning vakolatli organlarga ular bo‘yicha qaror qabul qilish
va ularni tegishli ravishda rasmiylashtirish uchun o‘z vaqtida berilishini ta’minlash;

·     serverlar va ishchi stansiyalarga tarmoqlararo dasturiy ta’minotini o‘rnatish va serverdagi tizimni konfiguratsiyalash;

·     fayl-serverlar, ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi serverlari
va kompyuterlardagi (ishchi stansiya) dasturiy ta’minotni integratsiyalash (o‘zaro bog‘lash)ni ta’minlash;

·    serverlar va ishchi stansiyalar dasturiy ta’minotining yaroqligini ta’minlash;

·    foydalanuvchilarni ro‘yxatdan o‘tkazish, identifikator va parollarni berish.

II. Lavozimga oid rasmiy talablar:

·    axborot texnologiyalari mutaxassisligi bo‘yicha oliy yoki o‘rta-maxsus ma’lumotga ega bo‘lish;

·    davlat tilini mukammal darajada bilish (rus va ingliz tillarini bilish ustunlik beradi);

·    shaxsiy xususiyatlar: mehnatsevarlik, xushmuomalalik, diplomatiya, vazminlik, vijdonlilik.

2. Arxivarius:

I. Faoliyat yo‘nalishi va funksiyalari:

·    davlat notarial idoralarining hujjatlarini qabul qiladi, ro‘yxatga oladi, saqlaydi va ulardan foydalanishni ta’minlaydi;

·    ijrosi tugagan hujjatlarning o‘z vaqtida arxivga topshirilishini nazorat qiladi;

·    zaruriy hujjatlarni qidirib topishda uslubiy jihatdan yordam ko‘rsatadi;

·    arxiv faoliyati bilan bog‘liq ijro uchun yuborilgan hujjatlarning ijrosini ta’minlaydi va bu haqda tegishli tartibda ma’lumotlar tayyorlaydi;

·     notarial arxivda ish yuritish hujjatlari va materiallarining but saqlanishini ta’minlaydi hamda belgilangan tartibda o‘z notarial arxivini yuritishi shar;

·     boshqarma boshlig‘i va arxiv mudiri topshirig‘iga ko‘ra, yig‘ilish va anjumanlarda qatnashadi;

  • boshqarmaga kelib tushgan xat va hujjatlarning hisobini yuritish;
  • boshqarma boshlig‘i va arxiv mudiri ning ko‘rsatmasiga asosan hamda qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vazifalarni amalga oshiradi.

II. Lavozimga oid rasmiy talablar:

·   oliy yoki o‘rta-maxsus ma’lumotga ega bo‘lish;

 Murojaat muddati va manzil:

Nomzodlar 2022-yil 28-avgustga qadar O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining https://vacancy.adliya.uz/ saytiga kirib ro‘yxatdan o‘tishlari hamda belgilangan tartibda hujjatlarni yuklagan holda mutaxassisligiga mos bo‘lgan lavozimni tanlab yuborishlari lozim (ma’lumot uchun telefon: 71-203-60-06)

Ishga qabul qilish tartibi va savollar doirasi bilan https://www.minjust.uz/uz/about/jobs/vac_questions/ havola orqali tanishishingiz mumkin.

Adliya organlari va muassasalariga ishga qabul qilish tartibi buzilgan taqdirda yoki korrupsiya holatlari haqidagi xabarlarni Adliya vazirligining 207-04-64 telefon raqamiga yoki @antikorbot telegram kanali orqali hamda 1008 qisqa raqami orqali habar berishingiz mumkin.

Nomzod faqat bitta lavozimga hujjatlarini yuborishi mumkin.

 

Inson resurslari bo‘limi boshlig‘i                                                       

 A.Isakov

 


Рўйҳатга қайтиш