Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 203-60-03

Elektron manzil
toshkent@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008
28.05.2025

Toshkent shahar adliya boshqarmasi tomonidan 2025-yil I chorak davomida oshirilgan ishlar haqida MA’LUMOT

Toshkent shahar adliya boshqarmasi tomonidan 2025-yil
I chorak davomida oshirilgan ishlar haqida

MA’LUMOT

 

Boshqarma va uning tizimidagi adliya bo‘limlariga 5 890 ta murojaatlar kelib tushgan bo‘lib, shularning 4 391 tasi yoki 74,5% qanoatlantirilgan.

62 marotaba o‘rganishlar o‘tkazilib 7 615 ta qonunbuzilish holatlari aniqlangan.

Aniqlangan qonun buzilishlarni bartaraf qilish bo‘yicha 545 ta taqdimnoma, 56 ta da’vo arizalar kiritilgan, 157 nafar shaxs ma’muriy va 197 nafar shaxs intizomiy javobgarlikka tortilgan.

Taqdimnomalar natijasiga ko‘ra, 11,5 mlrd so‘m pul mablag‘lari, da’vo arizalar natijasiga ko‘ra, 57,8 mlrd so‘m pul mablag‘lari egalariga qaytarilgan.

2 648 nafar jismoniy shaxslarning va 405 nafar yuridik shaxslarning fundamental huquqlari ta’minlangan.

26 710 marotaba targ‘ibot tadbirlari amalga oshirilgan bo‘lib, shundan 1 710 tasi OAVda, 9 694 tasi Ijtimoiy tarmoqlarda va 14 052 tasi og‘zaki targ‘ibot tadbirlarini tashkil etadi.

DXM sohasida 2025-yil I chorak davomida jami 539 593 ta (2024-yilning mos davrida 478 331ta) davlat xizmatlari ko‘rsatilgan (o‘tgan yilga nisbatan 12,8 foizga ko‘p).

Shundan:

DXM orqali - 251 369 ta (2024-yilda 252 057 ta) holatda (o‘tgan yilga nisbatan 0,2 foizga kam);

onlayn tarzda - 288 224 ta (2024-yilda 226 274 ta) (o‘tgan yilga nisbatan 27,3 foizga ko‘p) ko‘rsatilgan.

Jumladan:

Davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan tadbirkorlik subyektlari soni:

Yuridik shaxslar – 4 665 ta

Jismoniy shaxslar – 3 958 ta

Qayta davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan tadbirkorlik subyektlari soni:

Yuridik shaxslar – 6 808 ta

Jismoniy shaxslar – 2 501 ta

Tugatilganlar tadbirkorlik subyektlari soni:

Yuridik shaxslar – 842 ta

Jismoniy shaxslar – 348 ta

Boshqa xizmatlar – 520 471 ta

Bugungi kunda Davlat xizmatlari markazlari orqali 412 ta davlat xizmatlari ko‘rsatilmoqda.

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali esa
748 ta xizmat ko‘rsatilmoqda.

Davlat xizmatlarini ko‘rsatish sohasida 2025-yil I choragi davomida 2 ta o‘rganishlar hamda dxa.gov.uz tizimi orqali jami 38 ta monitoringlar o‘tkazilgan.

O‘rganishlar natijasida, vakolatli idora va tashkilotlar tomonidan davlat xizmatlari ko‘rsatishda jami 2 664 ta qonun buzilish holatlariga yo‘l qo‘yilganligi aniqlangan.

Qonunbuzilish holatlari, vakolatli idora va tashkilotlar kesimida tahlil qilinganda, “O‘zstransgaz” 828 ta, Yer resurslari va davlat kadastri idoralari 532 ta, Qurilish va arxitektura idoralarida 406 ta va boshqa tashkilotlar tomonidan 898 tani tashkil etgan.

Mazkur qonun buzilishiga yo‘l qo‘ygan vakolatli idora va tashkilotlarning 86 nafar mansabdor shaxslari va xizmatchilariga O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 215-5-moddasiga asosan ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilib, tegishli tartibda ma’muriy jarima jazosi qo‘llash to‘g‘risida qarorlar qabul qilingan.

Shuningdek, qonun hujjatlarining buzilishi, ularning sabablari va bunga olib keluvchi shart-sharoitlarni bartaraf etish to‘g‘risida vakolatli idoralarga jami 33 ta taqdimnomalar kiritilib, natijasiga ko‘ra, 11 nafar xodimga nisbatan intizomiy jazo choralari hamda qonun hujjatlari buzilishiga yo‘l qo‘ymaslik to‘g‘risida vakolatli idoralarga 79 ta ogohnomalar kiritilgan.

Toshkent shahridagi 274 ta xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariuslar mavjud bo‘lib, ular faoliyatini nazorat qilish ham bevosita adliya boshqarmasining vazifalaridan biridir.

Shunga ko‘ra notariuslar faoliyatida ham tizimli nazorat tadbirlari o‘tkazib kelinmoqda.

Jumladan, 2025-yil 1-choragida jami 16 ta rejali tekshirish,
65 ta reyd va sirli mijoz tadbirlari o‘tkazilgan bo‘lib natijasiga asosan 7 ta xizmat tekshiruvi tayinlangan va aniqlangan kamchiliklarga asosan 18 ta notariuslarning litsenziyalari turli muddatlarga to‘xtatildi.

O‘tgan 2025-yilning I choragi davomida Yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari tomonidan jami 112 367 ta buyruq va 52 340 ta shartnoma loyihalari huquqiy ekspertizadan o‘tkazilib, xulosalar berilgan.

Shundan, 108 228 ta buyruq, 50 165 ta shartnoma loyihalariga ijobiy, 324 ta buyruq, 113 ta shartnoma loyihalariga salbiy xulosalar berilgan.

Shuningdek, 3 815 ta buyruq va 2 062 ta shartnoma loyihalari kamchiliklar bilan taqdim qilinganligi sababli rad qilingan.


Рўйҳатга қайтиш