22.07.2025
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-dekabrdagi PQ-4079-son qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining xorijga chiqish tartibi to‘g‘risida”gi nizomning 40 prim 5-bandiga muvofiq, qo‘l barmoqlarining izlarini olish tartib-taomilidan bosh tortilgan va ko‘zoynak taqib yoki bosh kiyim, tashqi ko‘rinishga ta’sir qiluvchi ashyolar bilan suratga tushish istagi qat’iy bildirilgan bo‘lsa, xorijga chiqish biometrik pasportini berish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatishni rad etish uchun asos bo‘ladi.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda harakat qilishingiz maqsadga muvofiqligi hamda aholiga davlat xizmatlarini ko‘rsatilishiga befarq emasligingiz va o‘z taklif va e’tirozingizni ma’lum qilganligingiz uchun minnatdorchilik bildiriladi.
Munosabat!
Toshkent shahar adliya boshqarmasi tomonidan joril yilning 21-iyul kuni fuqaro A.Xonkeldiyevning Facebook ijtimoiy tarmog‘ida joylashtirgan fikri yuzasidan quyidagilar ma’lum qilinadi.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-dekabrdagi PQ-4079-son qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining xorijga chiqish tartibi to‘g‘risida”gi nizomning 40 prim 5-bandiga muvofiq, qo‘l barmoqlarining izlarini olish tartib-taomilidan bosh tortilgan va ko‘zoynak taqib yoki bosh kiyim, tashqi ko‘rinishga ta’sir qiluvchi ashyolar bilan suratga tushish istagi qat’iy bildirilgan bo‘lsa, xorijga chiqish biometrik pasportini berish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatishni rad etish uchun asos bo‘ladi.