Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 203-60-03

Elektron manzil
toshkent@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008
Munosabat! 06.08.2025

Munosabat!

Munosabat
 
Facebook ijtimoiy tarmog’ida 4-avgust kuni Faxriddin Tillayev nomidan yozilgan xabar yuzasidan Toshkent shahar adliya boshqarmasi tomonidan o‘rganib chiqildi.

Fuqaro ushbu xabarda kadastr hujjatlarini yangilash uchun Chilonzor tuman davlat xizmatlari markaziga borgani va MIB tomonidan qo‘yilgan taqiq sababli xizmatdan foydalana olmagani va boshqa holatlarni bayon etgan.

Shuni ma’lum qilamizki Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 2-sentabrdagi 535-son qarori bilan tasdiqlangan Ko‘chmas mulk obyektiga kadastr pasportini berish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentining 23-bandiga asosan, vakolatli organ tomonidan kadastr pasportini rasmiylashtirish bo‘yicha ko‘chmas mulk obyektiga taqiq yoki xatlov qo‘yilganligi kadastr pasporti berishni rad etish uchun asos bo‘ladi.

Yuqoridagilardan kelib chiqib,
kelgusida sohani rivojlantirish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatish bilan bog‘liq takliflar va mavjud kamchiliklar haqidagi fikrlarga ochiqmiz.

Рўйҳатга қайтиш