31.10.2025
3 chorak davomida amalga oshirilgan ishlar haqida
MA’LUMOT
Toshkent shahar adliya boshqarmasi tomonidan 2025-yil 3 chorak davomida bir qator ijobiy ishlar amalga oshirildi.
Jumladan, Boshqarma va uning tizimidagi adliya bo‘limlariga 12 165 ta murojaatlar kelib tushgan bo‘lib, shularning 9 607 tasi yoki 78,9% qanoatlantirilgan.
22 500 ta huquqiy muammolar tizimga kiritilib ijobiy hal etilgan.
262 marotaba o‘rganishlar o‘tkazilib 25665 ta qonunbuzilish holatlari aniqlangan.
Aniqlangan qonun buzilishlarni bartaraf qilish bo‘yicha 918 ta taqdimnoma, 114 ta da’vo arizalar kiritilgan, 376 nafar shaxs ma’muriy va 285 nafar shaxs intizomiy javobgarlikka tortilgan.
Taqdimnomalar natijasiga ko‘ra, 5,5 mlrd so‘m pul mablag‘lari, da’vo arizalar natijasiga ko‘ra, 54 mlrd so‘m pul mablag‘lari egalariga qaytarilgan.
9 411 nafar jismoniy shaxslarning va 1 070 nafar yuridik shaxslarning fundamental huquqlarini ta’minlangan.
66 138 marotaba targ‘ibot tadbirlari amalga oshirilgan bo‘lib, shundan 4 42 tasi OAVda, 24 382 tasi Ijtimoiy tarmoqlarda va 36 136 tasi og‘zaki targ‘ibot tadbirlarini tashkil etadi.
DXM sohasida o‘tgan dar mobaynida jami 2 811 764 ta davlat xizmatlari ko‘rsatilgan
Shundan, 848 533 ta holatda DXM orqali;
1 963 231 ta onlayn tarzda ko‘rsatilgan.
72 ta tashkilotda 17 ta o‘rganishlar hamda dxa.gov.uz tizimi orqali jami 89 ta monitoringlar o‘tkazilgan.
O‘rganishlar natijasida, vakolatli idora va tashkilotlar tomonidan davlat xizmatlari ko‘rsatishda jami 13 032 ta qonun buzilish holatlariga yo‘l qo‘yganligi aniqlangan.
Mazkur qonun buzilishiga yo‘l qo‘ygan vakolatli idora va tashkilotlarning
270 nafar mansabdor shaxslari va xizmatchilariga O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 2155-moddasiga asosan ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilib, tegishli tartibda ma’muriy jarima jazosi qo‘llash to‘g‘risida qarorlar qabul qilingan.
Toshkent shahar adliya boshqarmasi tomonidan 2025-yil 3 chorak davomida amalga oshirilgan ishlar haqida MA’LUMOT
Toshkent shahar adliya boshqarmasi tomonidan 2025-yil3 chorak davomida amalga oshirilgan ishlar haqida