Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 203-60-03

Elektron manzil
toshkent@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Yangiliklar

24
Mirobod tumanida “Huquqiy bilimlar kuni” o‘tkazild

Korrupsiya va manfaatlar to‘qnashuviga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish maqsadida Mirobod tumani hokimligida “Huquqiy targ‘ibot kuni” doirasida seminar tashkil etildi.

Seminarda Mirobod tumani adliya bo‘limi mas'ul xodimi Abror Berdiyev tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashishga doir qonunchilik asoslari va mazmun-mohiyati yuzasidan batafsil tushunchalar berildi.

Xususan, seminar davomida quyidagi qonun hujjatlarining mazmun-mohiyati mutaxassislar tomonidan ishtirokchilarga tushuntirildi:

— “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonun
— “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonun
— “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi Qonun
— “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi Qonun
—  Vazirlar Mahkamasining “Davlat fuqarolik xizmatchilari tomonidan odob-axloq qoidalariga rioya etilishini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 595-sonli qarori

24
“Eng yaxshi huquq o‘qituvchisi” tanlovining Toshkent shahar bosqichi g‘oliblari aniqlandi

Adliya vazirligi hamda maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan tasdiqlangan qo‘shma qarorga asosan bu yil ilk marotaba umumtaʼlim maktablarining huquq fani oʻqituvchilari oʻrtasida “Eng yaxshi huquq o‘qituvchisi” tanlovi o‘tkazilmoqda.

Tanlovning Toshkent shahar bosqichi ham yuqori ruhda tashkil etilib, saralash bosqichlaridan oʻtgan 36 nafar ishtirokchilar oʻrtasida 2 turda bahslar olib borildi.  

Tanlov natijalariga koʻra:

1- oʻrinni Sergeli tumani 6-maktab oʻqituvchisi Gulnora Mambetova;

2-o‘rinni Yakkasaroy tumani 91-maktab oʻqituvchisi Malika Shermatova;

3-o‘rinni Yunusobod tumani 265-maktab oʻqituvchisi Otabek Orziyev egalladilar.

Tanlov natijasi bo‘yicha g‘oliblikni qo‘lga kiritgan o‘qituvchilar diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar va tanlovning respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdilar.

23
FHDY bo‘limlari faoliyati tahlil qilindi

Poytaxtdagi FHDY bo‘limlari tomonidan o‘tgan davr mobaynida amalga oshirilgan ishlar tahlil qilinib, uning natijalari mas’ul xodimlar ishtirokida muhokama qilindi hamda kelgusida amalga oshirilishi zarur bo‘lgan chora-tadbirlar belgilab olindi.

Jumladan, muhokamalar davomida xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish, sohadagi mavjud muammolarni bartaraf etish hamda ijro va mehnat intizomi talablariga rioya qilish yuzasidan xodimlarga tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, xodimlar tomonidan xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘yilishining oldini olish maqsadida mehnat faoliyatini boshlagan yosh kadrlarni tajribali xodimlarga biriktirish orqali ustoz-shogird an’anasi asosida ishlarni tashkil etish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

22
Adliya xodimlari mahallalarda

Bugun Yashnobod tumani adliya bo‘limi tomonidan tumandagi “Shirinobod” mahalla fuqarolar yigʻinida “Adliya kuni” doirasida sayyor qabul va uyma-uy yurish orqali aholining muammolari o‘rganildi.

Tadbir davomida fuqarolarga ularni qiynab kelayotgan masalalar yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berildi va murojaatlar ish yurituviga qabul qilindi.

Shuningdek, “2025-yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-1-son qarorning mazmun-mohiyati, xususan “Mening mahallamda jinoyatchilik bo‘lmaydi” dasturi doirasida targ‘ibot ishlari olib borildi.

Shu bilan birga, “Yoqilg‘i-energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish va behuda sarflanishining oldini olish hamda energiya samaradorligini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlarni takomillashtirish to‘g‘risida” PQ–133-son qaror mazmun-mohiyati ham tushuntirildi.

22
Yosh juftliklar oilaviy hayotga o‘qitilmoqda

Yosh nikohlanuvchilarni oilaviy hayotga tayyorlash maqsadida “Oila jamiyatning asosiy bo‘g‘ini” mavzusida navbatdagi seminar tashkil etildi.

Tadbir Chilonzor tumani 1 va 2-son FHDY bo‘limi tomonidan Oila va xotin-qizlar bo‘limi, diniy idora vakili, Reabilitatsiya markazi psixologi bilan birgalikda o‘tkazildi.

Davra suhbati tarzida bo‘lib o‘tgan mazkur seminarda yoshlar o‘zlari uchun huquqiy bilim hamda hayotiy ko‘nikmalarga ega bo‘lishdi.

Tadbir so‘ngida oila qurish ostonasida turgan yosh juftliklarga sertifikatlar taqdim etildi.

21
Prezident qarori ijrosi amalda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 1-apreldagi “Yoqilg‘i-energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish va behuda sarflanishining oldini olish hamda energiya samaradorligini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlarni takomillashtirish to‘g‘risida” PQ–133-son qarori ijrosi yuzasidan, hududlardagi sohaga mas’ullarning o‘zlariga yuklatilgan vazifa va topshiriqlardan xabardorlik darajasini oshirish maqsadida Mirobod, Bektemir va Chilonzor tumanlarida idoralararo ishchi guruh a’zolari ishtirokida manzilli seminarlar o‘tkazildi.

Seminar tadbirlari davomida, tuman adliya bo‘limlari tomonidan ishchi guruh a'zolariga qaror ijrosini tashkil qilish va ta’minlash, xususan ustuvor vazifalar va asosiy yo‘nalishlar haqida batafsil tushuntirilib, tegishli flayerlar va ko'rgazmali materiallar tarqatildi.

21
Toshkent shahar CHilonzor tuman adliya boʼlimi Yuridik xizmat koʼrsatish markazi, Markaz boshlig‘i tayinlandi

Toshkent shahar CHilonzor tuman adliya boʼlimi Yuridik xizmat koʼrsatish markazi, Markaz boshlig‘i tayinlandi

Toshkent shahar adliya boshqarmasi  buyrug‘i bilan MANNONOV BAXTIYORJON ROBERT O‘G‘LI CHilonzor tuman adliya boʼlimi Yuridik xizmat koʼrsatish markazi, Markaz boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

MANNONOV BAXTIYORJON ROBERT O‘G‘LI 1994-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. Ma’lumoti–oliy

B.Mannonov shu kunga qadar Toshkent shahar Yunusobod tumani adliya bo‘limi Yuridik xizmat koʼrsatish markazi boshyuriskonsulti lavozimida faoliyat yuritib kelgan.

21
Taʼlim muassasalarida yoshlar orasida maʼnaviy-maʼrifiy muhitni yaxshilash maqsadida targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilmoqda

Olmazor tumanida adliya bo‘limi tomonidan tuman ichki ishlar bo‘limi bilan hamkorlikda Toshkent Tibbiyot akademiyasi akademik liseyi, Toshkent farmasevtika instituti akademik litseyi va “Tashkent perfect university” NTMda yoshlar bilan uchrashuvlar tashkil etildi.

Tadbir davomida “2025-yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 1-son Prezident qarori mazmun-mohiyati va unda belgilangan vazifalar yuzasidan tushuntirish berildi.

Xususan, yoshlar o‘rtasida qayd etilayotgan jinoyatlar, jumladan, firibgarlik, o‘g‘rilik hamda kiberjinoyatlarning oldini olish, huquqiy muammolarni bartaraf qilish bo‘yicha batafsil ma’lumotlar berildi.

18
Milliy libos – millat qiyofasi, inson ko‘rki, milliy iftixor ifodasi

Mirobod tumanidagi 158-umumta’lim maktabida tuman oila va xotin-qizlar bo‘limi bilan hamkorlikda "Milliy libos – millat qiyofasi, inson ko‘rki, milliy iftixor ifodasi” mavzusida madaniy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

Tadbirning asosiy maqsadi:  

✅ O‘zbekiston xalqining qadimiy an’analari, milliy qadriyatlari va kiyinish madaniyatini targ‘ib etish;  
✅ Yosh avlodni milliy meros va urf-odatlar asosida tarbiyalash;  
✅ Xotin-qizlar orasida o‘zbekona liboslarning ahamiyatini oshirish.

Tadbir davomida an’anaviy, betakror liboslarning, xususan milliy naqsh-bezaklarning ma’no va o‘ziga xos tarixiy ahamiyati namoyish etildi.

18
KORRUPSIYA TARAQQIYOT KUSHANDASI

“Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi” doirasida “Bo‘lajak kadrlarni halollik vaksinasi bilan emlash – davr talabi” mavzusida O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida professor-o‘qituvchilar hamda talabalar ishtirokida davra suhbati o‘tkazildi.

Tadbir davomida Uchtepa tumani adliya bo‘limi Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti Abdullo Raximov tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashishga doir qonunchilik asoslari, xususan “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi Qonunning mazmun-mohiyati yuzasidan batafsil tushunchalar berildi.

Tadbirning asosiy maqsadi – jamiyatda korrupsiyaning zararli oqibatlari haqida keng jamoatchilikka yetkazish, yoshlar ongida korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish hamda huquqiy savodxonlikni oshirishga xizmat qilishdan iboratdir.