Yangiliklar
Hurmatli hamyurtlar, yuqorida keltirilgan grafikka asosan hafta davomida ko‘rsatilgan mahallalarda “Adliya kuni” tadbirlari amalga oshiriladi.
Tadbir davomida aholining huquqiy muammolari uyma-uy yurib o‘rganiladi hamda aniqlangan muammolar yuzasidan joyida bepul huquqiy yordam, sayyor davlat xizmatlari, FHDY organi xodimlari hamda notariuslar tomonidan xizmatlar ko‘rsatiladi.
Hurmatli yurtdoshlar, adliya boshqarmasi hamda tuman adliya bo‘limlari tomonidan tashkil etiladigan tadbirlarda faol ishtirok etishingizni so‘rab qolamiz!
Aholiga qulaylik yaratish maqsadida, keng qamrovli sayyor davlat xizmatlarining ko'rsatilishi fuqarolarga elektron davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini yanada kengaytiradi.
Xususan, Bektemir tuman adliya bo’limi davlat xizmatlari markazi tomonidan tumanning "Ustozlar" mahallasida yashovchi aholining huquqiy muammolari uyma-uy yurib o'rganildi.
Tadbirda dastlab, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali va boshqa elektron resurslar orqali foydalanishning afzalliklari tushuntirilib, markazga tashrif buyurishi qiyin boʻlgan keksa yoshdagi fuqarolarga bir qancha Davlat xizmatlari koʻrsatildi.
Jumladan, fuqaro Alla Pakga elektron raqamli imzo va nafaqa tayinlanganligi toʻgʻrisida ma‘lumotnomalar, Vladimir Pak nomidan kadastr xizmatiga ariza yuborilib, sudlanmaganlik haqida ma‘lumotnoma olish xizmati, fuqaro Li Lenaga elektron raqamli imzo va sog’lig’ini tiklash uchun sanatoriyaga navbatga qoʻyish xizmati ko'rsatildi.
Fuqarolar yig‘inlari raislari saylovini tashkil etish va o‘tkazishga ko‘maklashuvchi Bektemir, Mirobod, Mirzo Ulug‘bek tumanlari komissiyalari a’zolari uchun Mirobod tumani hokimligida, Olmazor, Uchtepa, Sergeli tumanlari komissiyalari a’zolari uchun Olmazor tumani hokimligida o‘quv-seminarlari o‘tkazildi.
Seminarda “Fuqarolar yig‘ini raisi saylovi to‘g‘risida”gi Qonunga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar, fuqarolar yig‘ini raisi saylovining huquqiy asoslari, ko‘maklashuvchi komissiya va ishchi guruhlarning vazifalari, huquq va majburiyatlari to‘g‘risida tushuntirishlar berildi.
Fuqarolar yig‘ini raisi 5 yil muddatga yashirin ovoz berish orqali saylanadi.
Fuqarolar yig‘ini raisi lavozimiga nomzodlarga qo‘yiladigan talablar:
• O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lishi;
• oliy ma’lumotga ega bo’lishi;
• saylovga qadar kamida 5 yil tegishli hududda doimiy yashayotgan bo’lishi;
• ish tajribasiga, hayotiy tajribaga ega bo‘lishi
Uchtepa tumani adliya bo‘limiga “A” MCHJ murojaat qilib, shartnoma shartlari bajarilgan bo‘lsada, tumanda joylashgan maktabgacha ta’lim tashkiloti tomonidan toʻlovlar oʻz vaqtida toʻlanmayotganligidan norozi bo‘lib, ushbu qarzdorliklarni undirib berishda amaliy yordam berishni soʻragan.
????Batafsil (https://telegra.ph/Adliya-ko%CA%BBmagida-tadbirkorga-yetkazib-berilgan-mahsulotlar-va-bajarilgan-ishlar-uchun-tolovlar-undirib-berildi-03-07)
Yosh nikohlanuvchilarni oilaviy hayotga tayyorlash maqsadida “Oila jamiyatning asosiy bo‘g‘ini” mavzusida navbatdagi seminar tashkil etildi.
Tadbir Chilonzor tumani 1 va 2 -son FHDY bo‘limi tomonidan Oila va xotin-qizlar bo‘limi, diniy idora vakili, Reabilitatsiya markazi psixologi bilan birgalikda o‘tkazildi.
Tadbir davomida Oila-muqaddas dargoh, nikoh bu erkak va ayolning ixtiyoriy va o‘zaro roziligi asosida quriladigan ittifoqi tamoyili asosida yosh kelin-kuyovlarni oilaviy-huquqiy munosabatlarga tayyorlash, oilaviy hayot psixologiyasi, ma’naviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlashga qaratilgan mavzularda tushuntirishlar berildi.
Seminar yakunida “Ziyo ulash” aksiyasi doirasida yoshlarning kitobga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish uchun kitoblar hamda sertifikat taqdim etildi.
Toshkent shahar adliya boshqarmasida fuqarolar yig‘inlari raislari saylovini tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha ishchi guruhlari a’zolarini o‘qitish uchun O‘zbekiston Mahallalar uyushmasi Toshkent shahar boshqarmasi bilan birgalikda o‘quv-seminari o‘tkazildi.
Seminarda “Fuqarolar yig‘ini raisi saylovi to‘g‘risida”gi Qonun hamda unga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarning mazmun-mohiyati, fuqarolar yig‘ini raisi saylovining tashkiliy-huquqiy asoslari, ko‘maklashuvchi komissiyalar hamda ishchi guruhlarning vazifalari, huquq va majburiyatlari to‘g‘risida batafsil tushuntirishlar berildi.
Fuqarolar yig‘ini raisi saylovida:
• Ishtirok etish ixtiyoriy va erkin;
• 18 yoshga to‘lgan, tegishli hududda doimiy yashovchi fuqarolar ishtirok etadi;
• Sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan fuqarolar ishtirok etmaydi
Shayxontohur tumani 1-son va 2-son FHDY bo'limi va tuman Oila va xotin-qizlar bo'limi bilan hamkorlikda nikohlarini rasmiylashtirish uchun ariza taqdim etgan yosh oila quruvchilar o'qitildi.
O'quv mashg'ulotlari davomida tuman FHDY bo'limi mudiralari, diniy idora vakillari va oilaviy psixolog tomonidan yoshlarga tibbiy, huquqiy, psixologik, ma'naviy va ma'rifiy hamda diniy mavzularda tushuntirish ishlari olib borildi.
Shuningdek, “Xotin-qizlarga huquqiy ko‘mak” aksiyasi doirasida xotin-qizlar huquqlarini himoya qilish, ularning ijtimoiy-siyosiy va sotsial faolligini va huquqiy savodxonligini oshirish, huquq va erkinliklarini himoya qilish, qonunchilikda xotin-qizlar uchun belgilangan imtiyoz va preferensiyalar bo‘yicha batafsil ma’lumotlar berildi.
O'quv mashg'ulotlarini tamomlagan oila qurish ostonasida turgan 10 nafar juftliklarga sertifikatlar topshirildi.
Adliya organlari tomonidan muntazam ravishda aholini qiynayotgan muammo va masalalar o‘rganilib, bartaraf etish choralari ko‘rib kelinmoqda.
Xususan, Yakkasaroy tuman “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazida ro‘yxatga qo‘yilgan, tumanning “Bog‘saroy” mahallasida yashovchi fuqaro U.M.ning voyaga yetgan farzandi X.Mga shaxsni tasdiqlovchi hujjat olinmaganligi holati yuzasidan, bolaning tug‘ilganligi haqidagi dalolatnoma yozuvi Jizzax viloyati Paxtakor tumani FHDY bo‘limida qayd etilganligi ma’lum bo‘ldi.
Yakkasaroy tumani 2-son FHDY bo‘limi tomonidan ko‘rsatilgan amaliy yordam natijasida, fuqaro X.Mga tug‘ilganligi haqidagi guvohnoma eksterritoriallik tamoyili asosida rasmiylashtirilib, shaxsni tasdiqlovchi hujjat ID karta olish uchun topshirildi.
Toshkent shahar adliya boshqarmasi tashabbusi bilan o‘tkazilayotgan “Huquqiy bilimlar oyligi” doirasida yoshlar o’rtasida targʻibot tadbirlari oʻtkazilmoqda.
Shayxontohur tumani adliya bo‘limi tomonidan tumandagi 82-maktabda Yuridik xizmat koʻrsatish markazi xodimlari tomonidan maktab oʻquvchilari oʻrtasida “Huquqingizni bilasizmi?” nomli viktorina tadbiri oʻtkazildi.
Qiziqarli savol-javoblarga boy o‘tgan tadbir davomida oʻquvchilarni qiziqtirgan savollarga markaz xodimlari tomonidan batafsil javoblar berildi.
“Kontrafaktsiz oy” oyligi doirasida Toshkent shahar adliya boshqarmasi tomonidan Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetida “Intellektual mulk himoyasi va kontrafakt mahsulotlarga qarshi kurashish” mavzusida universitet ilmiy xodimlari, o‘qituvchilari va talabalari ishtirokida seminar-trening o‘tkazildi.
Ushbu davra suhbatida intellektual mulk sohasida tovar belgisini huquqiy muhofaza va himoya qilish, kontrafakt mahsulotlarga qarshi kurashish yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, tadbir davomida intellektual mulk obyektlari, jumladan, tovar belgilari, xizmat ko'rsatish belgilarini davlat ro’yxatidan o’tkazish, kontrafakt tovarni aslidan farqlashga o‘rgatish va ko‘nikmalar hosil qilish maqsadida tushuntirish ishlari amalga oshirildi.