Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 203-60-03

Elektron manzil
toshkent@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Yangiliklar

28
“Eng yaxshi huquq o‘qituvchisi” – bilim va mahorat bellashuvi!

Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining “Davlat va huquq asoslari” fani o‘qituvchilari o‘rtasida “Eng yaxshi huquq o‘qituvchisi” tanlovining tuman bosqichi Bektemir, Mirzo Ulug‘bek, Mirobod, Sergeli, Chilonzor, Yunusobod, Yashnobod va Yangihayot tumanlarida ham o‘tkazildi.

Tanlov maqsadlari:
- yuqori malakali huquq fani o‘qituvchilarini aniqlash va rag‘batlantirish
- pedagogik faoliyatning nufuzini yanada oshirish
- innovatsion ta’lim texnologiyalarini keng ommalashtirish
- pedagogik faoliyatda sog‘lom raqobat va ijodkorlik muhitini yaratish
- ta’lim tizimidagi malakali o‘qituvchilarning salmog‘ini kengaytirish hamda kasbiy o‘sishi va pedagogik mahoratini rivojlantirishdan iborat.

Tanlov natijasi bo‘yicha g‘oliblikni qo‘lga kiritgan o‘qituvchilar diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar va tanlovning Toshkent shahar bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdilar.

28
Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash bo‘yicha seminarlar tashkil etilmoqda

Sergeli tumani FHDY bo‘limida tuman Oila va xotin-qizlar bo‘limi bilan hamkorlikda yoshlarni oilaviy  hayotga tayyorlash  markaziga biriktirilgan mas’ul o‘qituvchilar bilan birgalikda nikohlanuvchi yoshlar uchun seminar o‘tkazildi.

Seminarda tuman FHDY bo‘limi, “Nuroniy” jamg‘armasi, diniy idora vakillari, tuman tibbiyot birlashmasi mas’ullari va psixolog tomonidan yoshlarga tibbiy, huquqiy, psixologik, ma’naviy va ma’rifiy hamda diniy masalalarda tushunchalar berildi.

Shuningdek, mashg‘ulot davomida yosh nikohlanuvchi shaxslarga mustahkam oila barpo etish borasida reproduktiv salomatlik, kitob o‘qish afzalliklari, oila a’zolari o‘rtasidagi o’zaro hurmat, ibratli ota-ona bo‘lishga tayyorgarlik mavzularida tushuntirish ishlari olib borildi.

Seminar yakunida 30 nafardan ortiq  tinglovchilarga sertifikatlar topshirildi.

28
Xususiy amaliyot bilan shug’ullanuvchi notariusning litsenziyasi tugatildi

Toshkent shahar adliya boshqarmasi boshlig'ining tegishli buyrug'i bilan  Uchtepa tumanida xususiy amaliyot bilan shug‘ullangan notarius Gulyamova Feruza Erkinovnaga berilgan TN 0018-sonli litsenziyaning amal qilishi va notarius maqomi tugatildi.

28
❗️ “Eng yaxshi huquq o‘qituvchisi” ko‘rik tanlovining Olmazor tuman bosqichi g‘oliblari aniqlandi

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining qo‘shma qaroriga asosan, “Eng yaxshi huquq o‘qituvchisi” tanlovining Olmazor tuman bosqichi qizg‘in va murosasiz bahslarga boy bo‘ldi.

✍️ Yakuniy natijalarga ko‘ra:
????-o‘rinni 11-maktab o‘qituvchisi Himmatova Mohinur;
????-o‘rinni 191-maktab o‘qituvchisi Tojiboyev Jaloliddin;
????-o‘rinni 326-maktab o‘qituvchisi Abdumalikov Bekniyozlar egallashdi.

Tanlov g‘oliblari esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

28
10 yoshli qizaloq hujjatli bo’ldi

Bektemir tumani „Iyk ota“ mahallasida istiqomat qiluvchi Chorshanova Ishani Asqar qizi 2015-yil 7-fevralda uyda tug’ilgan bois, shu vaqtga qadar tug’ilganlik guvohnomasi bo’lmagan.

“Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi” huquqiy aksiyasi doirasida tuman FHDY bo’limi tomonidan 10 yoshli qizaloqqa tug’ilganlik guvohnomasi rasmiylashtirilib, topshirildi.

“Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi” huquqiy aksiyasi davom etmoqda

27
“Eng yaxshi huquq o‘qituvchisi” ko‘rik tanlovining Shayxontohur tuman bosqichi g‘oliblari aniqlandi

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining qo‘shma qaroriga asosan, “Eng yaxshi huquq o‘qituvchisi” tanlovining Shayxontohur tuman bosqichi qizg‘in va murosasiz bahslarga boy bo‘ldi.

Yakuniy natijalarga ko‘ra:
????-o‘rinni 92-maktab o'qituvchisi Saydaliyeva Fazilat;
????-o‘rinni 169-maktab o'qituvchisi Jumayev Sarvarbek;
????-o‘rinni 41-maktab o'qituvchisi Jalolova Dilnozalar egallashdi.

Tanlov g‘oliblari diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

27
86 yoshli otaxonga sayyor davlat xizmati ko‘rsatildi

Uchtepa tumani Katta Qani mahallasida istiqomat qiluvchi yurish imkoniyati cheklangan 1939-yilda tug‘ilgan 2-guruh nogironi Mirzadjanov Kutbitdin Davlat xizmatlari markaziga kadastr hujjatlari borasida murojaat qilib, yordam so‘ragan.

Uchtepa tumani adliya bo‘limi Davlat xizmatlari markazi tomonidan ushbu murojaat yuzasidan otaxonning yashash xonadoniga tashrif buyurilgan holda, tegishli ko‘chmas mulkning kadastr hujjatlarini yangilashda sayyor tartibda amaliy yordam berildi.

27
Adliya xodimlari “Yashil makon” umummilliy loyihasida faol ishtirok etishmoqda

Uchtepa tuman adliya bo‘limi xodimlari “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida atrof muhitni koʻkalamzorlashtirish, ekotizimni himoya qilish va tiklash, yashil maydonlarni kengaytirish ishlariga o‘z hissalarini qo‘shishmoqda.

Loyiha doirasida tumandagi 203-son umumtaʼlim maktabi bilan hamkorlikda maktab hududida mevali va manzarali daraxt koʻchatlari o‘tqazish ishlari amalga oshirildi.

26
Nikohlanuvchi yoshlar uchun oilaviy hayotga tayyorlash bo‘yicha seminarlar tashkil etilmoqda

Uchtepa tumani FHDY bo‘limi tomonidan oilaviy psixolog ishtirokida “Baxtli oila sirlari” mavzusida seminar tashkil etildi.

Seminarda 10 nafar nikohlanuvchi yoshlar ishtirok etishib, ularga huquqiy, tubbiy psixologik bilim bilan bir qatorda oilada erkak va ayolning mas’uliyati, vazifalari, oilaviy nizolarni oldini olish, sog‘lom oila qurish va sog‘lom farzandlarni tarbiyalash, oila a’zolarining bir-biriga hurmati, muomala madaniyati, qolaversa ma’naviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlashga qaratilgan mavzularda tushunchalar berildi. Nikohlanuvchi yoshlarning savollariga mutaxassislar tomonidan javob berildi.

Seminar yakunida oila qurish bo‘sag‘asida turgan nikohlanuvchilarga sertifikatlar topshirildi.

25
Mualliflik huquqi tiklandi


Toshkent shahar adliya boshqarmasiga shoir Qahramon Sattixo‘jayevning mualliflik huquqi buzilganligi holati yuzasidan murojaati kelib tushgan.

O‘rganish davomida, Q.Sattixo‘jayev qalamiga mansub “Singlim” nomli she’r aynan shu nom bilan muallif roziligisiz o‘zgartirish kiritilib, qo‘shiq tarzida bastakor J.J. tomonidan bastalangani va xonanda F.S. tomonidan ijro etilib, ijtimoiy tarmoqlarda joylashtirilganligi aniqlandi.

Holat yuzasidan huquqbuzarga nisbatan maʼmuriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnoma rasmiylashtirilib, sud qaroriga ko‘ra, jarima jazosi tayinlandi.

“Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risida”gi Qonunning 62-moddasiga muvofiq, huquq egasi yoki mulkiy huquqlarni jamoaviy asosda boshqaruvchi tashkilot bilan shartnoma tuzmasdan asarlar yoki turdosh huquqlar obyektini takrorlash, tarqatish yoki undan boshqacha tarzda foydalanish mualliflik va turdosh huquqlarni buzish deb topiladi va javobgarlikka sabab bo‘ladi.