Yangiliklar
Bektemir tumani adliya bo‘limiga “MS” MCHJ tomonidan tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tomonidan qarzdorlik to‘lanmasdan kelinayotganligidan norozi bo‘lib, ushbu qarzdorliklarni undirib berish yuzasidan murojaati kelib tushgan.
????Batafsil (https://telegra.ph/Tadbirkorning-huquqlari-himoya-qilindi-03-25)
“Ma’muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas’uliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to‘g‘risida”gi PF–80-son farmoni ijrosi yuzasidan poytaxtning tuman adliya bo‘limlari tomonidan sayyor davlat xizmatlari ko‘rsatib kelinmoqda.
Xususan, Uchtepa tumani adliya bo‘limi Davlat xizmatlari markazi tomonidan tumanning "Vatan" mahallasida istiqomat qiluvchi fuqaro Yuldasheva Mayram sog‘ligi holatiga ko‘ra, Markazga kela olmaganligi uchun uning yashash xonadoniga tashrif buyurilgan holda, Elektron raqamli imzo kalitini olishda sayyor tartibda davlat xizmati ko‘rsatildi
Hurmatli hamyurtlar, yuqorida keltirilgan grafikka asosan hafta davomida ko‘rsatilgan mahallalarda “Adliya kuni” tadbirlari amalga oshiriladi.
Tadbir davomida aholining huquqiy muammolari uyma-uy yurib o‘rganiladi hamda aniqlangan muammolar yuzasidan joyida bepul huquqiy yordam, sayyor davlat xizmatlari, FHDY organi xodimlari hamda notariuslar tomonidan xizmatlar ko‘rsatiladi.
Hurmatli yurtdoshlar, adliya boshqarmasi hamda tuman adliya bo‘limlari tomonidan tashkil etiladigan tadbirlarda faol ishtirok etishingizni so‘rab qolamiz!
O'zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi tashabbusi bilan "Mahalla" xayriya jamoat fondi hamda Toshkent shahar adliya boshqarmasi tomonidan poytaxtning Shayxontohur tumani "Ko‘kcha" mahallasida "Inson qadri uchun" nomli xayriya aksiyasi o'tkazildi.
Aksiya doirasida aholi bilan ochiq muloqot o'tkazilib, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar keng jamoatchilik vakillariga yetkazildi va fuqarolarga huquqiy masalalarda tushuntirishlar berildi.
Tadbir doirasida nogironligi bo'lgan shaxslar, yakka-yolg‘iz qariyalar, kam ta’minlangan, ko‘p bolali va boquvchisini yo‘qotgan oilalar holidan xabar olindi.
Navro‘z bayrami munosabati bilan xalqimizga xos ezgulik fazilatlaridan kelib chiqib, 30 ta oilaga eng zarur oziq-ovqat mahsulotlaridan iborat sovg‘alar ulashildi.
Bugun Toshkent shahridagi barcha davlat xizmatlari markazlarida Navro’z bayrami munosabati bilan xalqimiz har doimgidanda o’zgacha, bahoriy kayfiyatda qarshi olindi.
Bir tarafda milliy urf-odatlarimiz, qadriyatlarimizni tarannum etuvchi liboslarda xizmat ko’rsatayotgan markaz xodimalari va yana bir tarafda bolajonlar ishtirokida bahoriy rasmlar tanloviga guvoh bo’lgan yurtdoshlarimiz bayram kayfiyatini his etishdi.
Shuningdek, markaz uzra yangragan milliy kuy-qo’shiqlarimiz ham xalqimizga bayramona kayfiyat ulashdi.
Chilonzor tumani adliya bo‘limi tomonidan “Xotin-qizlarga huquqiy ko‘mak” aksiyasi doirasida tumandagi “Oqtepa” mahallasida tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda mahallalarda xotin-qizlar bilan manzilli ishlash, ularning muammolarini o‘rganish bo‘yicha ommaviy sayyor qabul o‘tkazildi.
Aksiya doirasida aholini qiynab kelayotgan huquqiy muammolar bo‘yicha xotin-qizlarning murojaatlari tinglanib, tushuntirishlar berildi hamda murojaatlar tuman adliya bo'limi ish yurituviga qabul qilindi.
Shuningdek, tadbir davomida qonunchilikda xotin-qizlarga yaratilgan sharoit va qulayliklar, imtiyozlar, xotin-qizlarning ijtimoiy faolligi va huquqiy savodxonligini oshirish maqsadida birlamchi bepul yuridik yordam ko‘rsatish, huquqiy muammolarni bartaraf qilish, xotin-qizlar va voyaga yetmaganlar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarlikni oldini olish bo‘yicha batafsil ma’lumotlar berildi
Mamlakatimizda intellektual mulkka nisbatan hurmat hissini yanada oshirish, huquqbuzarliklarni oldini olish, kontrafakt mahsulotlarga nisbatan toqatsiz munosabatni kuchaytirish maqsadida Adliya vazirligi tomonidan yangi “Kontrafakt mahsulotlar katalogi” ishlab chiqildi.
Katalogda adliya organlari tomonidan aniqlangan oziq-ovqat, kosmetika, alkogol mahsulotlari, dori vositalari hamda avtomobil ehtiyot qismlari va boshqa turdagi mahsulotlarning kontrafakt nusxalari to‘g‘risida ma’lumotlar aks etgan.
Katalog iste’mol uchun eng zarur bo‘lgan mahsulotlarning (oziq-ovqat, shaxsiy gigiyena vositalari, alkogol, farmatsevtika vositalari va boshqalar) kontrafakt nusxalarini aholi tomonidan xarid qilinishining oldini olishga xizmat qiladi.
“Kontrafakt mahsulotlar katalogi”ning elektron nusxasini shu tugmani bosish (https://kontrafakt.adliya.uz/counterfeit/view) orqali ko‘rish va yuklab olish mumkin.
Uchtepa tumani Qoziguzar mahallasida istiqomat qiluvchi yurish imkoniyati cheklangan 70 yoshli onaxon Karimbekova Mapura Davlat xizmatlari markaziga kadastr hujjatlari borasida murojaat qilib, yordam so‘ragan.
Uchtepa tumani Davlat xizmatlari markazi tomonidan ushbu murojaat yuzasidan onaxonning yashash xonadoniga tashrif buyurilgan holda, ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish yuzasidan sayyor tartibda amaliy yordam berildi.
Toshkent shahar adliya boshqarmasi tomonidan bozorlar va savdo majmualarida rejali nazorat xaridi tadbirlari amalga oshirildi.
“Kontrafaktsiz oy” oyligi davomida oʻtkazilgan tadbirlar natijasida bir qator tadbirkorlik subyektlari tomonidan intellektual mulk huquqlariga rioya qilmaslik holatlari, xususan "Bounty", "Milka" hamda "m&m's" tovar belgilarining kontrafakt nusxalari sotilayotganligi aniqlandi.
"Tovar belgilari, xizmat ko'rsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari to'g'risida"gi Qonunning 371-moddasiga ko'ra, tovar belgisidan, tovar kelib chiqqan joy nomidan yoki ular bilan adashtirib yuboradigan darajada o'xshash bo'lgan bir turdagi tovarlar uchun belgilardan qonunga xilof ravishda foydalanish yuridik shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan ikki yuz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi.
Prezidentning tegishli qarori bilan Nu'mon Usmonovich Muxammadiyev adliya vaziri o'rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Nuʼmon Muxammadiyev 1982-yilda Qashqadaryo viloyati Kitob tumanida tug'ilgan. Maʼlumoti oliy, huquqshunos, 1-darajali adliya maslahatchisi. 2003-yilda Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan. 2024-yilda “Sodiq xizmatlari uchun” medali bilan taqdirlangan.
Mehnat faoliyatini 2004-yilda Adliya vazirligi Tadbirkorlar huquqlarini himoya qilish boshqarmasi katta maslahatchi lavozimida boshlagan. 2009–2013-yillarda Toshkent shahar adliya boshqarmasi boshligʻining birinchi oʻrinbosari sifatida faoliyat yuritgan.
2016–2023-yillarda Adliya vazirligi tizimida turli lavozimlarda ishlagan.
Tayinlovga qadar Toshkent shahar adliya boshqarmasi boshligʻi lavozimida faoliyat koʻrsatgan.