Yangiliklar
Tadbirda Yuristlar malakasini oshirish markazi o'qituvchisi Zafarjon Raxmonov saylov qonunchiligidagi o'zgarishlarga oid maruzasi bilan ishtirok etdi.
„Ma’muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas’uliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni ijrosi yuzasidan poytaxtning M.Ulug’bek va Shayxontohur tumanlarida adliya bo‘limi xodimlari tomonidan “Mahalla yettiligi” bilan hamkorlikda "Adliya kuni" tadbirlari o’tkazildi.
Mahalla aholisi uchun o’tkazilgan sayyor qabullar davomida fuqarolarning uy joy, meros, ijtimoiy yordam, tadbirkorlikni tashkil etish kabi turli masalalardagi murojaatlari eshitilib, belgilangan tartibda huquqiy maslahatlar berilishi ta'minlandi hamda ularning murojaatlari tegishliligi bo'yicha ish yurituviga qabul qilindi.
Adliya vaziri buyrug‘i bilan Jasur Xudoyorov Toshkent shahar adliya boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Xudoyorov Jasur Bahrom o'g'li 1991-yilda Jizzax viloyatida tug‘ilgan. Ma’lumoti–oliy, huquqshunos.
2015-yilda Toshkent davlat yuridik universitetini tamomlagan.
U adliya organlaridagi mehnat faoliyatini Mirzo Ulug'bek tuman adliya bo'limi katta maslahatchisi lavozimidan boshlab, adliya boshqarmasi tizimida turli lavozimlarda ishlagan.
J.Xudoyorov shu kunga qadar Toshkent shahar adliya boshqarmasi Rejalashtirish va nazorat-tahlil sho'basi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritib kelgan.
Toshkent shahar adliya boshqarmasi jamoasi J.Xudoyorovni ushbu tayinlov bilan muborakbod etadi. Uning kelgusi ishlarida omad va zafarlar tilaydi.
Poytaxtning Mirzo Ulug‘bek tumani Adliya bo‘limi va Yuridik xizmat kórsatish markazi xodimlari ishtirokida „Yangi kamolon“ maxallalasida sayyor qabul o‘tkazildi.
Sayyor qabulda mahalladagi xotin- qizlarning ijtimoiy ahvoli o’rganilib, ularni qiynab kelayotgan muammolar tinglandi. Mahalla ayollarining turli masalalardagi murojaatlari yuzasidan 15 nafariga huquqiy yordam koʻrsatildi.
Yakkasaroy tumanida yosh kelin-kuyovlar uchun “Oila muqaddas” mavzusida tadbir o‘tkazildi.
Tadbirda Oila va xotin-qizlar bo‘limi, FHDY bo‘limi xodimlari o‘z nutqlarida oilaviy-huquqiy munosabatlar, oilaviy hayot psixologiyasi va ma’naviy-axloqiy qadriyatlar masalalariga alohida e’tibor qaratishdi.
Tadbir davomida yoshlar uchun nazariy-amaliy kurslar, mahorat saboqlari va seminar-treninglar tashkil etildi. Ushbu o‘quv jarayonlarining maqsadi - oilaviy qadriyatlarni saqlash, sog‘lom ma’naviy muhitni yaratish va erta ajrimlarning oldini olishdir.
Tadbirning yakunida yosh oilalarga sertifikatlar topshirildi.
Tadbirda filologiya fanlari doktori, Oʻzbekiston davlat xoreografiya akademiyasi dotsenti, Respublika "Ma'rifat" targʻibotchilar jamiyati a'zosi Hulkar Hamroyeva 21-oktabr – O‘zbek tili bayrami kuniga bag’ishlangan maruzasi bilan ishtirok etdi.
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi rahbariyati tomonidan Toshkent shahri aholisining murojaatlarini o‘rganish maqsadida sayyor qabul o‘tkaziladi.
Sayyor qabul joriy yilning 18 oktabr kuni soat 15:00 da Yangihayot tuman adliya bo‘limi binosida hamda 19-oktabr kuni soat 11:00 da Chilonzor tuman adliya bo‘limi binosida bo‘lib o‘tadi.
Poytaxtimiz aholisi ushbu sayyor qabulda o’zlarini qiynayotgan masalalar yuzasidan murojaat qilishlari mumkin.
Toshkent shahar adliya boshqarmasi huzuridagi malaka komissiyasining qarori bilan quyidagi xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariuslarning litsenziyasi vaqtincha to‘xatildi.
Yakkasaroy tumani T.Nigmatov 1 oy muddatga 18.10.2024-yildan;
Yunusobod tumani D.Axundjanova 1 oy muddatga 18.10.2024-yildan;
Yakkasaroy tumani I.Sharipova 1 oy muddatga 15.10.2024-yildan;
Yashnobod tumani A.Mustakimov 1 oy muddatga 26.10.2024-yildan;
Yunusobod tumani U.Rixsiboyev 1 oy muddatga 19.10.2024-yildan;
Sergeli tumani B.Rajabov 15 kun muddatga 21.10.2024-yildan;
Olmazor tumani G.Azimova 15 kun muddatga 21.10.2024-yildan.
Chilonzor tuman adliya bo‘limi, FHDY xodimlari va psixolog ishtirokida tumandagi 201-son umumiy oʻrta ta’lim maktabining huquq sinfida “Mening kasbim faxrim” mavzusida dars tashkil etildi.
Yoshlarda huquqiy muammolarni hal qilishning amaliy koʻnikmalarini hosil qilish maqsadida mutaxassislar tomonidan turli hayotiy mavzularda misollar bilan tushintirishlar berildi.
Shuningdek erta nikohlarni oldini olish, ijtimoiy tarmoqalarning yoshlar hayotida ijobiy va salbiy tomonlari mavzusi doirasida ham huquqiy targʻibot olib borildi.
“Ma’muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas’uliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakillantirish to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni ijrosi yuzasidan poytaxtimizning Yangihayot tumani „Yangihayot" MFYda Toshkent shahar adliya boshqarmasi, adliya bo‘limi xodimlari tomonidan “Mahalla yettiligi” bilan hamkorlikda "Adliya kuni" tadbirlari o’tkazildi.
Mahalla ahli uchun o’tkazilgan sayyor qabul hamda uyma-uy yurish tadbirlari davomida 20 nafarga yaqin fuqarolarning murojaatlari eshitilib, belgilangan tartibda huquqiy maslahatlar berilishi ta'minlandi hamda ularning murojaatlari tegishliligi bo'yicha ish yurituvga qabul qilindi.