Yangiliklar
Poytaxtning Yangihayot tumanidagi “Yangi Darxon” mahallasida Toshkent shahar adliya boshqarmasi va tuman adliya bo‘limi xodimlari tomonidan “Mahalla yettiligi” bilan hamkorlikda "Adliya kuni" doirasida sayyor qabul tadbiri amalga oshirildi.
Sayyor qabulda 20 nafarga yaqin fuqarolar ishtirok etishib, 15 ga yaqin murojaatlar ish yurituviga qabul qilindi. Shuningdek, 5 ta murojaatga joyida huquqiy tushuntirish berildi.
Murojaatlar asosan kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish, subsidiya olish, ish bilan ta'minlash, ijtimoiy himoya masalalari yuzasidan bo’ldi.
Uchtepa tumani, 24-mavzeda istiqomat qiluvchi Jamol Fayziyev 2-guruh nogironi va yurak xastaligidan aziyat chekadi.
Uchtepa tumani Davlat xizmatlari markaziga murojaat qilgan ushbu fuqaro xastaligi sabab markazga bora olmasligini bildirib, yordam so‘ragan.
Davlat xizmatlari markazi tomonidan ushbu murojaat yuzasidan Jamol Fayziyevning yashash xonadoniga borilib, Elektron raqamli imzo kaliti ochishda sayyor tartibda amaliy yordam ko‘rsatildi.
Toshkent shahar adliya boshqarmasi boshlig'i o'rinbosarlari tomonidan Poytaxtning Sergeli tumanidagi "Sultonobod" MFY hamda Bektemir tumanidagi “Oltintopgan" MFYda “Mahalla yettiligi” bilan hamkorlikda "Adliya kuni" doirasida sayyor qabul tadbirlari amalga oshirildi.
Sayyor qabullarda 50 nafarga yaqin fuqarolar ishtirok etishib, 25 ga yaqin murojaatlar ish yurituviga qabul qilindi. Shuningdek, 13 ta murojaatga joyida huquqiy tushuntirish berildi, 4 ta murojaat bo'yicha sayyor davlat xizmatlari ko'rsatildi.
Murojaatlar asosan kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish, pensiya, kommunal to'lovlar, imtiyozli kredit, meros, uy-joyga subsidiya olish, ijtimoiy himoya masalalari yuzasidan bo’ldi.
Shundan so‘ng mahallarda “mahalla yettiligi” bilan uchrashuv o'tkazilib, bajarilishi lozim bo‘lgan galdagi
vazifalar yuzasidan fikr almashildi.
Ushbu tadbirda mahalla hududida xodimlar uyma-uy yurgan holda aholi tomonidan ko'tarilayotgan dolzarb masalalarni ko'rib chiqish va hal etish choralarini ko‘rishdi.
Uyma-uy yurish davomida kadastr hujjatini rasmiylashtirish, moddiy yordam olish, bola puli, davolanish uchun order, ishga joylashish, kommunal sohalarga oid masalalarda 30 dan ortiq murojaatlar qabul qilinib, ijrosi alohida nazoratga olindi.
Toshkent shahar adliya boshqarmasi huzuridagi malaka komissiyasining qarori bilan quyidagi xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariuslarning litsenziyasi vaqtincha to'xtatildi. (https://telegra.ph/Poytaxtda-15-nafar-notariusning-litsenziyasi-vaqtincha-toxtatildi-01-15-3)
Ro'yxat..... (https://telegra.ph/Poytaxtda-15-nafar-notariusning-litsenziyasi-vaqtincha-toxtatildi-01-15-3)
Qonun O'zbekiston manfaatlarini ko'zlab ma'lumotlarni davlat sirlari jumlasiga kiritishning huquqiy va tashkiliy asoslarini belgilaydi.
Shuningdek, davlat sirlaridan foydalanish va ularni himoya qilish, davlat sirlari bilan bog'liq boshqa faoliyatni amalga oshirish chog'ida yuzaga keladigan munosabatlarni tartibga soladi.
“Adolat” milliy huquqiy axborot markazi tomonidan “Adliya vazirligidan aholiga 100 maslahat” nomli qo‘llanma tayyorlandi hamda “Yurkitob.uz” saytiga joylashtirildi.
Kitob Adliya vazirligining aholi uchun taqdim etgan 100 maslahati asosida tuzilgan bo‘lib, o‘quvchiga huquqiy va amaliy tavsiyalarni taqdim etadi.
Kitobda oila, mehnat munosabatlari, notarial harakatlar, tadbirkorlik, ta’lim, ijtimoiy himoya, sud va boshqa sohalar bo‘yicha foydali maslahatlar mavjud.
Shunigdek, fuqarolar uchun yangi imkoniyatlar va davlat xizmatlaridan qanday foydalanish mumkinligi haqida ham tushuntirishlar berilgan.
Kitobning asosiy maqsadi fuqarolarni o‘z huquq va majburiyatlari haqida xabardor qilish, turli huquqiy va amaliy masalalarda ularni qo‘llab-quvvatlashdir. Bu kitob nafaqat huquqiy bilimlarni oshirish, balki oʼz hayotini va faoliyatini qonuniy ravishda yuritishni xohlagan har bir fuqaro uchun muhim manba hisoblanadi.
“Zukko kitobxon” MChJning Toshkent shahar adliya boshqarmasiga qilgan murojaatiga asosan, “G.P.P” MChJ faoliyatida belgilangan tartibda tekshiruv o‘tkazildi.
Tekshiruvda “G.P.P” MChJ tomonidan “Husnixat”, “Alifbo”, “Matematikadan masalalar va testlar to‘plami 4-5-sinflar” va “Matematikadan masalalar va testlar to‘plami 6-sinf” asarlarining kontrafakt nusxalari chop etilganligi aniqlandi.
Ushbu holat yuzasidan “G.P.P” MChJ rahbariga nisbatan Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 177prim1-moddasi 1-qismi bilan maʼmuriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnoma rasmiylashtirilib, tegishli sudga yuborildi.
Sud qaroriga ko‘ra, huquqbuzarga nisbatan bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravari (1.875.000 so‘m) miqdorda jarima jazosi tayinlandi.
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 33 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan Toshkent shahar adliya boshqarmasi yurtimizning barcha mard o’g’lonlarini samimiy muborakbod etadi!
Yurtimiz tinchligi, xalqimiz farovonligi yo’lida kecha-yu kunduz vatanimiz sarhadlarini ko‘z qorachig‘idek himoya qilayotgan yurt o’g’lonlari baxtimizga hamisha sog’-omon bo’lishsin!
Adliya vazirligi ogohlantiradi.
O‘zbekiston Respublikasining "Nodavlat notijorat tashkilotlar to'g'risida"gi Qonuni (https://lex.uz/docs/11360) hamda Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 10-martdagi 57-son qarori (https://lex.uz/docs/2356876) talablariga asosan nodavlat notijorat tashkilotlari har yili 1-fevralgacha ro‘yxatdan o‘tkazuvchi adliya organlariga o‘z faoliyati to‘g‘risida hisobotlar taqdim etishlari shart.
Hisobot shakli Adliya vazirligi tomonidan tasdiqlangan.
Hisobotlarni taqdim qilish Nodavlat notijorat tashkilotlari elektron portali (e-ngo.uz) (https://e-ngo.uz/) orqali amalga oshiriladi.
Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksning 239-moddasiga (https://www.lex.uz/docs/97664) muvofiq nodavlat notijorat tashkilotlarining o‘z faoliyati to‘g‘risidagi hisobotlarni ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organga taqdim etmasligi, o‘z vaqtida taqdim etmasligi yoki belgilanmagan shaklda taqdim etishi mansabdor shaxslarga jarima solishga sabab bo‘ladi.