Yangiliklar
Poytaxtning Mirzo Ulug‘bek tumanida o‘tkazilgan “Adliya kuni” doirasida “Alisherobod” va “Sultoniya” mahallalarida “mahalla yettiligi” bilan hamkorlikda aholi uchun sayyor qabul o‘tkazildi.
Qabul davomida fuqarolarning mehnat huquqlari, kadastr, mol mulk va meros masalalari, hujjatlar bilan bog‘liq murojaatlari tinglanib, huquqiy yordam ko‘rsatish choralari ko‘rildi.
Uyma-uy yurib aholi muammolarini o‘rganish davomida ham 15 dan ortiq murojaatlar ko‘rib chiqildi.
Uchrashuvda dastlab “Ma’muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas’uliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to‘g‘risida”gi Prezident Farmonida belgilangan vazifalar yuzasidan tushunchalar berildi.
Shundan so‘ng "mahalla yettiligi" tomonidan aholining kundalik hayotida uchrayotgan muammolar, ularni hal etish, ijtimoiy himoyaga muhtoj aholini qo‘llab-quvvatlash, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish, yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, oilaviy ajrimlarning oldini olish borasidagi faoliyati o‘rganilib, faoliyatda vujudga kelayotgan muammolarni bartaraf etish yuzasidan zarur tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.
Adliya vaziri o‘rinbosari Alisher Karimov Uchtepa tuman Davlat xizmatlarida bo‘lib, aholiga ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlari sifati bilan yaqindan tanishdi.
Shu bilan birga davlat xizmatlaridan foydalanayotgan fuqarolar bilan suhbatlashib, ularning fikri bilan ham qiziqib, takliflarini tingladi.
Tuman adliya bo‘limi, Davlat xizmatlari markazi, YXKM va FHDY xodimlari bilan o‘tkazilgan uchrashuvda adliya bo‘limi rahbariyati va xodimlarining hisobotlari eshitilib, faoliyatidagi muammolar va takliflar muhokama qilindi.
Poytaxtning Yunusobod tumani „Bog’i bo’ston“ mahallasida „Adliya kuni“ doirasida aholi uchun sayyor qabul tashkil etilib, fuqarolarning murojaatlari tinglandi va muammolarni hal etish choralari ko’rildi.
Bu kabi tadbirlar Chilonzor, Olmazor, Sergeli va Bektemir tumanlarida ham o’tkazilib, tuman adliya bo‘limi, YXKM, DXM, FHDY xodimlari uyma-uy yurib aholi muammolarini o‘rganishdi.
Shuningdek, “Ma’muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas’uliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakillantirish to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni yuzasidan aholi o’rtasida keng tushintirish ishlari ham olib borildi.
Bugun poytaxtda huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan Mirobod tumani aholisi uchun ommaviy sayyor qabul o’tkazildi.
Sayyor qabul davomida Toshkent shahar adliya boshqarmasiga 20 dan ortiq murojaatlar kelib tushdi. Murojaatlar yuzasidan shu joyning o'zida 4 ta sayyor davlat xizmatlari ko'rsatildi va 10 dan ortiq murojaatlarga huquqiy tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, fuqarolarning subsidiya, meros, tibbiy ko'rikdan o'tish, order olish, ijtimoiy yordam kabi qator masalalari yuzasidan murojaatlari qabul qilinib, batafsil o'rganish maqsadida ish yurituviga olindi. Boshqa murojaatlar yuzasidan ham mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berildi.
Poytaxtning Yunusobod, Yashnobod, M.Ulug’bek, Yakkasaroy, Sergeli va Bektemir tumanlarida o‘tkazilgan "Adliya kuni" tadbirlari doirasida adliya xodimlari sayyor qabullar tashkil etib, uyma-uy yurgan holda mahallalarda aholi muammolarini o'rganishdi.
O’rganishlar jarayonida aholini qiynab kelayotgan ijtimoiy-iqtisodiy muammolar, huquqiy masalalar yuzasidan bildirilgan murojaatlarning akasariyatiga shu joyning o‘zida ijobiy yechim topilib, qayta o‘rganishni talab etadigan holatlar nazoratga olindi.
“Ma’muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas’uliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakillantirish to‘g‘risida”gi Prezident farmoni yuzasidan ham targ'ibot tadbirlari olib borildi.
Chilonzor tuman davlat xizmatlari markazida adliya vaziri Akbar Toshqulov va Birlashgan Arab Amirliklarining “SEDCO” kompaniyasi
bosh direktori Madjdi Al-Beyt Shavish o‘rtasida uchrashuv o‘tkazilib, kompaniya tomonidan ishlab chiqarilgan va namuna uchun O‘zbekistonga olib kelingan 3 turdagi interaktiv kiosklarning imkoniyat va afzalliklari yuzasidan taqdimot o‘tkazildi.
Taqdimot davomida “SEDCO” kompaniyasi vakillari tomonidan interaktiv kiosklarning dasturiy ta'minotidagi afzalliklari, masofadan monitoring qilish imkoniyatlari hamda fuqarolar tomonidan mustaqil foydalanishdagi qulayliklari tushuntirib berildi.
Shu bilan birgalikda, mazkur kiosklarning texnik qo‘llab-quvvatlash hamda xodimlarda qurilmalardan foydalanish ko‘nikmalarini shakllantirish yuzasidan o‘qitish masalalari muhokama qilindi.
Uchrashuv yakunida sinov tariqasida O‘zbekistonga olib kelingan 3 turdagi interaktiv kiosklarning texnik xususiyatlarini tajribadan o‘tkazish hamda kelgusida aholi gavjum joylar hamda tuman markazidan uzoqda joylashgan mahallalarga o‘rnatishda hamkorlik qilish masalalari yuzasidan fikr almashildi.
Poytaxtning barcha tumanlarda o’tkazilgan „Zukko kitobxon“ ko’rik tanlovida 120 nafardan ortiq kitobni sevuvchi bilimdon 14 yoshdan 30 yoshgacha bo’lgan yoshlar ishtirok etishgan edi.
Toshkent shahar bosqichida tumanlarda g’oliblikni qo’lga kiritgan bir nafardan yoshlar ishtirok etishdi.
Tanlov shartlariga ko’ra ishtirokchilar intellektual savol-javoblar sharti va bir asar tahlili shartlarida o’z bilimlarini sinovdan o’tkazishdi.
Hakamlar tomonidan ishtirokchilar sinovdan o’tkazilib, ular orasidan eng zukko va bilimdonlari tanlab olindi.
1-oʻrin Ortiqova Mehrixon Doniyor qizi Mirzo Ulug‘bek tumani
2-oʻrin Xusniddinov Javohir Vasliddin o‘g‘li Sergeli tumani
3-oʻrin G‘offorova Maxliyo G‘ofur qizi Bektemir tumanidan kelgan ishtirokchilar g’oliblikni qo’lga kiritishdi.
G’oliblar televizor, book reader va smart soat bilan taqdirlanshdi.
Unda hududiy bosqichlarda g'oliblikni qo'lga kiritgan yoshlar o'zaro bellashishmoqda.
Poytaxt mahallalarida oilaviy munosabatlarni o‘rganish va ajrimlarning oldini olishga qaratilgan tadbirlar o‘tkazilmoqda.
Yangihayot tumani “Olchazor” mahallasida Toshkent shahar oila va xotin-qizlar boshqarmasi, tuman FHDY bo’limi hamda “Oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash” komissiyasi a’zolari bilan birgalikdalikda ushbu mahallada yashovchi ajrim yoqasiga kelib qolgan 3 nafar oilalar bilan suhbat o‘tkazildi.
Quvonarlisi, mas’ullarning oilalar mustahkamligini ta’minlash, nizoli oilalar bilan ishlash bo‘yicha amaliy sa’yi harakatlari sabab 2 nafar farzandi bo‘lgan yosh oila ajrimdan saqlab qolindi.