Yangiliklar
Toshkent shahar adliya boshqarmasi tizimidagi bo'sh ish o'rinlari uchun tanlovning suhbat bosqichi boshlandi.
https://youtu.be/3lkLG-D7MXU
Uy-joylari davlat ehtiyojlari uchun olingan bo‘lsada, kompensatsiya to‘lovlari amalga oshirilmaganligidan norozi bo‘lgan fuqaro D.Nning murojaati Mirzo Ulug‘bek tuman adliya bo‘limi tomonidan o‘rganib chiqildi.
Murojaatni o‘rganib chiqish natijasiga ko'ra davlat ehtiyojlari uchun olingan uy-joylar uchun kompentsatsiya undirish maqsadida Mirzo Ulug‘bek tuman adliya bo‘limi tomonidan D.Nning manfaatida Fuqarolik ishlari bo’yicha Mirobod tumanlararo sudiga kiritilgan jami 1.158.212.000 (bir milliard bir yuzi ellik sakkiz million ikki yuzi o‘n ikki ming) so‘mlik da’vo arizasi qanoatlantirildi va fuqaroning buzilgan huquqlari tiklanishi ta'minlandi.
Xabaringiz bor, Yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari, tuman davlat xizmatlari markazlari va ularning filiallari hamda FHDY organlari o‘z ishini tuman adliya bo‘limlari tarkibida davom ettirishi munosabati bilan ularni yagona ma’muriy binoga joylashtirildi.
Maqsad fuqarolarga qulaylik yaratish, sifatli xizmat ko‘rsatish tizimini yanada rivojlantirishdir.
Bugun jurnalistlar, jamoatchilik vakillari uchun tashkil etilgan media-turda ushbu yangiliklarning ahamiyati haqida batafsil ma’lumotlar berildi. OAV vakillari ushbu o‘zgarishlar bilan yaqindan tanishishdi.
Ish jarayonini o‘zlari ko‘rib, fuqarolar va tashkilotlar bilan ishlash aslida qanday ketayotganiga guvoh bo‘lishdi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2021-yil 27-avgustdagi SQ-379-IV-son qarori bilan Toshkent viloyatining bir qator aholi punktlari Toshkent shahriga o‘tkazilganligi munosabati bilan muqaddam Toshkent viloyat adliya boshqarmasidan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan “Niyozmat ota” jome masjidining yuridik manzili o‘zgartirilgan.
Shu munosabat bilan, “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi Qonun talablariga muvofiq “Niyozmat ota” jome masjidi 2022-yil 14-iyul kuni Toshkent shahar adliya boshqarmasidan qayta ro‘yxatdan o‘tkazildi.
Ma'lumot uchun bugungi kunda poytaxtimizda ularning soni 130 tani tashkil etmoqda.