Янгиликлар
29
Intellektual mulkning samarali himoyasini ta'minlash maqsadida seminar o'tkazildi
Joriy yilning 29 noyabr kuni Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligi hamda Toshkent shahar adliya boshqarmasi hamkorligida Intellektual mulkning samarali himoyasini ta'minlash, jamiyatda intellektual mulk ob'ektlariga bo'lgan huquqqa nisbatan hurmat bilan qarash madaniyatini shakillantirish, intellektual mulk sohasida huquqbuzarliklarni o'z vaqtida aniqlash va oldini olish bo'yicha ta'sirchan choralarni ko'rish maqsadida seminar o'tkazildi.
Seminarda, Toshkent shahar bojxona boshqarmasi, Toshkent shahar monopoliyaga qarshi kurashish boshqarmasi, Toshkent shahar prokuraturasi, Toshkent shahar soliq bosh boshqarmasi mas'ul xodimlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.
Uchrashuv davomida, ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan javob berildi.