Янгиликлар
23
Olmazor tumani adliya bo‘limi tomonidan “Saxovat uyi”da yashovchilarga targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
Joriy yilning 11 noyabr kuni Olmazor tumani adliya bo‘limi va budjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi tuman bo‘limi bilan hamkorlikda "Urush va mehnat faxriylari" uchun Respublika Ponsionati "Saxovat uyi"da yashayotgan fuqorolarning murojaatlarini o‘rganish uchun joyiga chiqib Sayyor qabul o‘tkazildi. Fuqorolar: Kruglov Aleksandr, Karimov Xasan, Yurtayev Gennadiy, Yoqubov G‘ayrat, Ababayev Ertoy va boshqalar tomonidan pensiya ta‘minoti to‘g‘risidagi qonunchilik, sog‘liqni tiklash maqsadida dori-darmon bilan ta‘minlash to‘g‘risida, hamda faslga doir kiyim-kechaklar bilan ta‘minlash yuzasidan amaliy yordam berishni so‘rab murojaat qilishdi.
Bo‘lim tomonidan "Saxovat uyi"da yashovchilarga targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi. Tadbir davomida bo‘lim tomonidan saylov qonunchiligi bo‘yicha va oxirgi qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati haqida tushunchalar berildi. Ishtrokchilarni qiziqtirgan barcha savollarga javob berildi.