Янгиликлар
10
Adliya boʻlimi va Pedagogika universiteti oʻrtasida seminar-trening tashkil etildi
Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti va Chilonzor tumani Adliya boʻlimi hamkorlikda talabalar oʻrtasida yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirishga qaratilgan “Vatan taqdiri – mening taqdirimda” mavzusida seminar treninglar oʻtkazildi.
Ushbu seminar treningda universitet rektori Alisher Umarov, Chilonzor tumani Adliya boʻlimi boshligʻi Shomurod Sattorov va universitet talabalari ishtirok etdilar. Shu bilan birgalikda, atrofdagi mahalla raisi va yoshlari ham ishtirok etishdi. Xususan, “Shuhrat” mahalla fuqarolar yigʻini raisi Baxtiyor Roʻziyev va mahallaning faol yoshlari ushbu seminar-treningdan huquqiy savodxonlik boʻyicha koʻplab maʼlumotlar oldilar.
Seminar mazmunidan kelib chiqqan holda yoshlarda vatanparvarlik gʻoyalarini rivojlantirish, huquqiy ong va savodxonligini oshirish masalalariga toʻxtalib oʻtildi. Yoshlar oʻzlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi.