Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 203-60-03

Elektron manzil
toshkent@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

02

"Brendingiz davlat himoyasida" mavzusida tadbir tashkil etildi


Joriy yilning 29 - oktabr kuni Chilonzor tumani Bosh Vazir qabulxonasi majlislar zalida Chilonzor tuman adliya bo'limi xodimlari D. Ochilov va Sh. Abdullayev, Bosh Vazir qabulxonasi xodimlari hamda Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligi xodimi J. Qlichev hamkorligida tadbirkorlar uchun "Brendingiz davlat himoyasida" mavzusida tadbir tashkil etildi.

Tadbirda intellektual mulkni himoya qilish markazi xodimi tomonidan tovar belgisi va uni himoya qilish tartibi, mazkur sohada xorij tajribasi va amaliyoti haqida batafsil ma'lumotlar berildi. Tadbir ishtirokchilarining asosiy qismini tadbirkorlar tashkil etganligi sababli tadbirda ular o'z faoliyatlarida duch kelayotgan boshqa muammolar yuzasidan Adliya bo'limi va Intellektual mulkni himoya qilish markazi xodimlaridan tegishli huquqiy tushuntirishlar olishdi.