Янгиликлар
17
#BAYROG‘IM_G‘URURIM / “BAYROQ_30”
#BAYROG‘IM_G‘URURIM / “BAYROQ_30”
Davlatimiz rahbarlari sharafiga boshqa davlatlarda yurtimiz bayrog‘i ko‘tarilganida, xorij safarlarida, o‘zga davlatlar hududida O‘zbekistonimiz bayrog‘ini ko‘rganimizda, nufuzli xalqaro sport anjumanlarida mamlakatimiz bayrog‘i hilpiraganida odamning qalbida g‘urur quvonch paydo bo‘ladi. Vatan hissini yurakdan tuygan har bir inson borki, yurt bayrog‘ini muqaddas bilib, uning hurmat va sharafini chin qalbdan e’zozlaydi. Zero milliy bayrog‘imiz - mamlakatimiz suverenitetining oliy ramzi bo‘lib, xalqaro munosabatlarda O‘zbekiston Respublikasining timsoli sifatida namoyon bo‘ladi.
“O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i to‘g‘risida”gi qonun 1991-yil 18-noyabrda O‘zbekiston Respublikasi Oliy kengashining navbatdan tashqari o‘tkazilgan VII-sessiyasida qabul qilingan.
Shu vaqtdan boshlab yurtimizda har yili 18-noyabr davlat bayrog‘i qabul qilingan kun sifatida keng nishonlanadi.
Bugungi kunda Toshkent shahar adliya boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i bo‘yicha turli xil targ‘ibot tadbirlari hamda “BAYROG‘IM_G‘URURIM” va “BAYROQ_30” davlat bayrog‘i chellenji o‘tkazilmoqda.
Toshkent shahar adliya boshqarmasi O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun bilan barchangizni muborakbod etadi!!!
Siz ham ushbu tadbirlarda faol ishtirok eting.
Unutmang, millat bayrog‘i, u jondek aziz, nondek mo‘ʼtabardir!!!