Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 203-60-03

Elektron manzil
toshkent@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

26

Chilonzor tuman adliya bo‘limi tomonidan 1-Respublika “Abu Ali ibn Sino” nomidagi jamoat salomatligi texnikumida “Adliya soati” tashkil etildi



2021-yilning 26-noyabr kuni Chilonzor tuman adliya bo‘limi tomonidan 1-Respublika “Abu Ali ibn Sino” nomidagi jamoat salomatligi texnikumida talabalar huquqiy savodxonligini oshirish maqsadida “Adliya soati” tashkil etildi. Mazkur tadbirda tuman adliya bo'limi boshlig’i Sh. Sattorov tomonidan talabalar va o‘qituvchilarga jinoyat, fuqarolik, oila va mehnat qonunchiligidagi so‘ngi yangiliklar, qonunchilik hujjatlarining mazmun-mohiyati va ahamiyati, shuningdek normativ-huquqiy hujjatlarga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar haqidagi huquqiy ma’lumotlar berildi.

Bundan tashqari, bo‘lim yetakchi maslahatchisi Sh. Abdullayev tomonidan texnikum talabalari hamda o‘qituvchilariga 1-dekabr kuni butun Respublika hududida bo‘lib o‘tadigan umummilliy Konstitutsiya imtihonida qatnashish uchun ro‘yxatdan o‘tish va ishtirok etish tartibi haqida ma’lumotlar berilib, mazkur umummiliy Konstitutsiya imtihonida faol ishtirok etishlari tavsiya etildi.