Янгиликлар
13
Bektemir tumani adliya bo‘limi tomonidan o‘quvchilar huquqiy savodxonligini oshirish bo‘yicha ochiq dars o‘tkazildi
Joriy yilning 10 dekabr kuni Bektemir tuman adliya bo‘limi va yuridik markaz xodimlari tomonidan tumandagi 293-son umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘quvchilar bilan davra suhbati o‘tkazdi.
Ushbu ochiq dars davomida, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi moddalariga sharhlar berildi. Bundan tashqari davra suhbatida “O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi to‘g‘risidagi” Qonuning mazmun-mohiyatini va ahamiyati tushuntirildi.
Davlat ramzlariga hurmat bilan munosabatda bo‘lish kerakligi, davlat ramzlariga, hurmatsizlik qilganlik uchun Ma’muriy javobgarlik kodeksi hamda Jinoyat kodeksida javobgarlik belgilanganligi haqida ma’lumot berildi.
Davra suhbati davomida, o‘quvchilar tomonidan berilgan savollarga mutaxassislar tomonidan javoblar berildi hamda huquqiy savodxonligi oshishi va o‘z ustida ishlashi uchun Konstitutsiya kitobi darsda faol qatnashgan o‘quvchilarga taqdim qilindi.