Янгиликлар
15
“Korrupsiya – taraqqiyot kushandasi” va “Inson huquqlariga oid normativ-huquqiy hujjatlar mazmun-mohiyati” mavzusida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
2021 yilning 10 dekabr kuni Chilonzor tuman adliya bo‘limi tomonidan Toshkent Arxitektura-qurilish instituti talabalar turar joyida yoshlar o‘rtasida “Korrupsiya – taraqqiyot kushandasi” va “Inson huquqlariga oid normativ-huquqiy hujjatlar mazmun-mohiyati” mavzusida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Mazkur tadbirda tuman adliya bo‘limi boshlig‘i Sh. Sattorov tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish, uning oldini olish hamda fuqarolarning Konstitutsiyada belgilangan shaxsiy, siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy huquqlari haqida atroflicha tushunchalar berib o'tildi.
Shuningdek, tadbirda talaba yoshlar tomonidan berilgan savollarga javob berilib, tadbir so‘ngida Toshkent Arxitektura-qurilish instituti rahbariyati tomonidan bo‘lim boshlig‘i Sh. Sattorov talaba yoshlar o’rtasida korrupsiyaga qarshi kurashish va inson huquqlariga oid normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida targ‘iboti uchun Tashakkurnoma bilan taqdirlandi.