Янгиликлар
10
“Voyaga yetmaganlar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarlikni oldini olish” bo‘yicha maktab o‘quvchilari uchun ochiq muloqot tashkil etildi.
Joriy yilning 10 dekabr kuni Yunusobod tumanidagi 117-umumtaʼlim maktabida tuman adliya bo‘lim xodimlari tomonidan “Har kunlik huquq” nomli tadbiri doirasida “Voyaga yetmaganlar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarlikni oldini olish” bo‘yicha maktab o‘quvchilari uchun ochiq muloqot tashkil etildi.
Tadbir ochiq muloqot shaklida tashkil etilganligi uchun o‘quvchilarni ham fikrlari tinglandi.
O‘quvchilarni jinoyat huquqi bo‘yicha qiziqtirgan barcha savollarga misollar tariqasida javoblar berildi.
Shuningdek, davra suhbatida “O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi to‘g‘risidagi” Qonuning mazmun-mohiyatini va ahamiyati tushuntirildi.
Davlat ramzlariga hurmat bilan munosabatda bo‘lish kerakligi, davlat ramzlariga, hurmatsizlik qilganlik uchun Ma’muriy javobgarlik kodeksi hamda Jinoyat kodeksida javobgarlik belgilanganligi haqida ma’lumot berildi.