Янгиликлар
21
Qonun buzilish holatlari bartaraf etildi!
O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 422-moddasiga asosan, soliq stavkalari shaharlarda joylashgan uy-joylar va kvartiralar umumiy maydoni 200 kv.m dan 500 kv.m ga qadar bo‘lganlari uchun 0,3 foiz miqdorida belgilanishi ko‘rsatilgan.
Yangihayot tuman adliya bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tahlil natijasida, Yangihayot tuman Davlat soliq inspeksiyasi tomonidan 7 ta holatda ushbu norma talablariga amal qilinmasdan soliq stavkalari belgilangan talabdan yuqori ekanligi aniqlangan.
Shunga ko‘ra, ushbu qonunbuzilish holatlarini bartaraf etish maqsadida Yangihayot tuman adliya bo‘limi tomonidan tuman Davlat soliq inspeksiyasiga taqdimnoma kiritilib, yuqorida keltirilgan qonunbuzilish holatlari bartaraf etildi.
Agarda Siz ham yuqoridagi holatlarga duch kelsangiz Toshkent shahar adliya boshqarmasiga yoki tuman adliya bo‘limlariga murojaat qilishingiz mumkin.
Telegram:: https://t.me/toshadliya
Facebook: https://www.facebook.com/groups/179796339451957
Murojaat uchun: @Poytaxtadliyabot