Янгиликлар
17
MUNOSABAT
Bugungi kunda ijtimoiy tarmoqlarda (https://fb.watch/9Y1qdYVlBp/) Chilonzor tuman Obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan xodimlarga bir necha oydan buyon oylik ish haqlari to‘lanmayotganligi va oldingi oylik ish haqidan ushlab qolinganligi yuzasidan video tarqaldi.
Ushbu holat bo‘yicha Toshkent shahar adliya boshqarmasi tomonidan ishchi guruh tuzilib, Chilonzor tuman Obodonlashtirish boshqarmasining xodimlarga oylik ish haqlarini to‘lash tartibi o‘rganilmoqda.
Ish beruvchi tomonidan xodimlarga oylik ish haqlarini to‘lash mehnat qonunchiligi bilan tartibga solinadi. Agarda ish beruvchi tomonidan oylik ish haqlari o‘z vaqtida va belgilangan me’yorda to‘lanmasa, O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 49-moddasiga asosan mehnat va mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish ma’muriy javobgarlikka tortishga asos bo‘ladi.
Unga ko‘ra, mansabdor shaxs tomonidan mehnat va mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish, — bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takroran sodir etilgan bo‘lsa, bundan bila turib g‘ayriqonuniy ishdan bo‘shatish mustasno, — bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Bizni kuzatishda davom eting!!! O‘rganish natijalari bo‘yicha qo‘shimcha ma’lum qilamiz.
Telegram:: https://t.me/toshadliya
Facebook: https://www.facebook.com/groups/179796339451957
Murojaat uchun: @Poytaxtadliyabot