Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 203-60-03

Elektron manzil
toshkent@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

23

Tadbirkor huquqlari Adliya himoyasida!



Toshkent shahar adliya boshqarmasi tomonidan fuqaro Z.M. tadbirkorlik faoliyatini olib borayotgan avtotransport vositalari turar-joyini olib qo‘yilganligidan norozi bo‘lib Аdliya vazirligiga qilgan murojaati o‘rganib chiqildi.

Mazkur murojaatni ko‘rib chiqish davomida fuqaro Z.M.ga avtotratnsport vositalari turar-joyini tashkil etish uchun yer maydoni biriktirib berish toʼg‘risidagi farmoyish Chilonzor tuman hokimining 2021-yil 23-sentyabrdagi 92-14-204-F/21-son farmoyishi asosida bekor qilinganligi aniqlandi.

Biroq, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 8-iyundagi
PF-6243-son Farmoniga asosan, tuman hokimliklarining yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarni bekor qilishga oid vakolatlari tugatilgan.
Shunga ko‘ra, Toshkent shahar adliya boshqarmasi tomonidan Chilonzor tuman hokimining 2021-yil 23-sentyabrdagi 92-14-204-F/21-son farmoyishi bekor qilish yuzasidan kiritilgan taqdimnoma asosida 2021-yil 21-dekabrdagi 169-14-204-F/21-son farmoyishi bilan bekor qilinib, tadbirkorning yerga bo‘lgan qonuniy manfaatlari himoya qilindi.

Hurmatli tadbirkorlar agarda Siz ham yuqoridagi holatlarga duch kelsangiz, Toshkent shahar adliya boshqarmasiga yoki tuman adliya bo‘limlariga murojaat qilishingiz mumkin.
Adliya organlari tomonidan tadbirkorlarning huquqlari himoyasi ta’minlanadi.


Telegram: https://t.me/toshadliya
Facebook: https://www.facebook.com/groups/179796339451957/permalink/1097284714369777/
Murojaat uchun: @Poytaxtadliyabot