Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 203-60-03

Elektron manzil
toshkent@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

24

Davlat organlari va tashkilotlari yuridik xizmat xodimlari Adliya himoyasida!


Toshkent shahar adliya boshqarmasi tomonidan Toshkent shahridagi davlat organlari va tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan yuridik xizmat xodimlarining malakasini oshirish amaliyoti tahlil qilindi.

Vazirlar Mahkamisining 2007-yil 22-noyabrdagi qarori bilan tasdiqlangan “Yuridik xizmatlar xodimlarini attestatsiyadan o‘tkazish va ularning malakasini oshirish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomga asosan yuridik xizmatlar xodimlari malakasini oshirish Adliya Vazirligi huzuridagi Yuristlar malakasini oshirish markazi bilan tegishli tashkilot o‘rtasida tuziladigan shartnomalar asosida to‘lov evaziga amalga oshirilishi belgilangan.

Biroq, tahlil natijasida O‘zbekiston Respublikasi Sanitariya-Epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati Respublika o‘lat profilaktika markazi tomonidan markazda faoliyat yuritayotgan yuridik xizmat xodimi M.Y.ga malakasini oshirishga Yuristlar malakasini oshirish markaziga pul to‘lab berilmaganligi hamda xodim M.Y. o‘z xisobidan malakasini oshirishga pul to‘laganligi aniqlandi.

Shunga ko‘ra, ushbu qonunbuzilish holatlarini bartaraf etish maqsadida Toshkent shahar adliya boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Sanitariya-Epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati Respublika o‘lat profilaktika markaziga taqdimnoma kiritilib, xodim tomonidan malaka oshirish Markaziga to‘langan 1 225 000 so‘m pul mablag‘lari xodimga to‘lab berilishi ta’minlandi.
Hurmatli yuridik xizmat xodimlari agarda Siz ham yuqoridagi holatlarga duch kelsangiz, Toshkent shahar adliya boshqarmasiga yoki tuman adliya bo‘limlariga murojaat qilishingiz mumkin.

Adliya organlari tomonidan yuristlar manfaatlari himoyasi ta’minlanadi.


Telegram: https://t.me/toshadliya
Facebook: https://www.facebook.com/groups/179796339451957/permalink/1097284714369777/
Murojaat uchun: @Poytaxtadliyabot