Янгиликлар
01
64 ta mahalla fuqarolar yig‘ini raislarining oila, xotin-qizlar va ijtimoiy ma'naviy masalalar bo'yicha o'rinbosarlari uchun seminar o'tkazildi
Joriy yilning 1-fevral kuni Yunusobod tuman hokimligining majlislar zalida tuman adliya bo'limi tomonidan mahallalarda aholi o'rtasida tushuntirish ishlarini olib borish va fuqarolarning huquqiy bilimini oshirish maqsadida O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 6-dekabrdagi 737-son “Uy-joyga muhtoj xotin-qizlarni uy-joy bilan ta’minlash hamda toshkent shahrida boshpanasiz, og‘ir turmush sharoitiga tushib qolgan fuqarolarning yashash sharoitlarini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarorining mazmun-mohiyati va ahamiyatini tushuntirish maqsadida tumandagi 64 ta mahalla fuqarolar yig‘ini raislarining oila, xotin-qizlar va ijtimoiy ma'naviy masalalar bo'yicha o'rinbosarlari uchun seminar o'tkazildi.
Tadbir adliya bo‘lim xodimlari tomonidan tayyorlangan maxsus prezentatsiya asosida olib borildi.
Tadbir yakunida, seminar ishtirokchilarining savollariga tuman adliya bo‘lim xodimlari tomonidan javoblar berildi.