Янгиликлар
01
Adliya 776 million so‘m davlat mablag‘ining noqonuniy foydalanilishiga chek qo‘ydi
Yakkasaroy tuman tibbiyot birlashmasi tomonidan 2021-yilning oktabr oyida jami 18 ta 58 901 672 so‘mlik shartnomalar markazning huquqiy xulosalarisiz tuman G‘aznachilik bo‘limidan o‘tkazilgan.
Mazkur holat yuzasidan Yakkasaroy tuman adliya bo‘limi tomonidan 2021-yil 24-noyabrda 10-23/1-165-sonli taqdimnoma kiritilgan va tuman tibbiyot birlashmasi boshlig‘ining 2021-yil 26-noyabrdagi 240-k-sonli buyrug‘i bilan hisobxona bo‘limi shartnomalar bo‘yicha hisobchisiga “hayfsan” intizomiy jazo chorasi qo‘llanilgan.
Biroq, shunga qaramasdan, tuman tibbiyot birlashmasi mas’ul shaxslari tomonidan bu kabi harakatlari davom ettirilib 2021-yil noyabr-dekabr oylaridagi 24 ta (jami 775 715 261 so‘mlik) shartnomalar loyihalari tuman yuridik xizmat ko‘rsatish markaziga taqdim etilmasdan qonunchilikka zid ravishda markazning huquqiy xulosalarini qalbakilashtirilgan holda to‘g‘ridan-to‘g‘ri tuman G‘aznachilik bo‘limiga taqdim etilgan.
Mazkur ko‘rsatilgan shartnomalar loyihalari yuridik xizmat ko‘rsatish markazining “E-huquqshunos” elektron tizimiga huquqiy xulosa olish uchun yuborilmagan va ushbu shartnomalar loyihalari bo‘yicha huquqiy xulosa berilmaganligi markaz xodimlari tomonidan ma’lum qilindi.
Vaholanki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 29 iyundagi “Davlat organlari va tashkilotlariga yuridik xizmat ko‘rsatish faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5168-son Qarorining 6-bandiga muvofiq markazlar tomonidan yuridik xizmat ko‘rsatilishi belgilangan tashkilotlar tomonidan markazlar bilan kelishilmagan holda yuridik tusdagi hujjatlar qabul qilinishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Bunday hujjatlar yuridik kuchga ega emas hamda ular qabul qilingan paytdan e’tiboran hech qanday huquqiy oqibatlarni keltirib chiqarmaydi.
Bundan tashqari, mazkur Qaror bilan tasdiqlangan “Yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari to‘g‘risida”gi Nizomga ko‘ra, yuridik xizmat ko‘rsatiladigan tashkilotlar rahbariyatiga taqdim qilinadigan buyruqlar, farmoyishlar, shartnomalar va yuridik tusdagi boshqa hujjatlar loyihalarini ularning qonunchilikka muvofiqligi yuzasidan huquqiy ekspertizadan o‘tkazish hamda yuridik xizmat ko‘rsatiladigan tashkilotlar tomonidan shartnomalar loyihalarini tayyorlash va tuzish ishlarida ishtirok etadi, ularning qonunchilikka muvofiqligini tekshiradi hamda shartnomalar loyihalariga, agar e’tiroz va takliflar bo‘lmasa, viza qo‘yish yuridik xizmat ko‘rsatish markazlarning asosiy funksiyalaridan biri hisoblanadi.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, Yakkasaroy tuman adliya bo‘limi tomonidan 2022-yilning 10-yanvarida Yakkasaroy tuman tibbiyot birlashmasi mutasaddilarining harakatlariga huquqiy baho berish uchun surishtiruv ishlari olib borish hamda aybdor shaxslarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atish to‘g‘risida jinoiy taklif kiritildi.
Yakkasaroy tuman prokuraturasi tomonidan 2022-yilning 20-yanvar kuni tuman yuridik xizmat markazining xulosalarini qalbakilashtirib, jami 775.715.261 so‘mlik tibbiy buyumlar va dori vositalarini sotib olish to‘g‘risidagi soxta hujjatlarni tuman g‘aznachilik bo‘limiga taqdim etib, davlat manfaatlariga zarar yetkazgan tibbiyot birlashmaning mansabdor shaxslariga nisbatan Jinoyat kodeksining 209-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Toshkent shahar adliya boshqarmasi