Янгиликлар
27
Yuridik xizmat koʻrsatish markazlari xodimlarining malakasi oshirilmoqda
Yuristlar malakasini oshirish markazining malakali professor-oʻqituvchilari tomonidan Toshkent shahar adliya boshqarmasi tuman yuridik xizmat koʻrsatish markazi xodimlari uchun masofaviy (onlayn) shaklda oʻquv kurslari boʻlib oʻtmoqda.
Unda xizmat jarayonida duch kelishi mumkin boʻlgan muammoli vaziyatlarda yuridik xizmat xodimining ishtiroki, xizmat koʻrsatiladigan tashkilotlar xodimlarining huquqiy savodxonligini oshirish, mehnat munosabatlarida taraflarning huquq va majburiyatlari kabi mavzularda oʻquv mashg'ulotlari olib borilmoqda.