Янгиликлар
11
Toshkent shahar adliya boshqarmasida “Oyning eng yaxshi xodimi” aniqlandi
Toshkent shahar adliya boshqarmasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari va topshiriqlari ijrosini nazorat qilish bo‘limi boshlig‘i Xojiboyev O‘tkirbek Pazlidinovich 2021-yilning dekabr oyi uchun boshqarma tomonidan “oyning eng yaxshi xodimi” deb topildi.
Toshkent shahar adliya boshqarmasi jamoasi O‘.Xojiboyevni ushbu eʼtirof bilan tabriklaydi. Kelgusidagi ishlarida muvaffaqiyat, g‘ayrat va shijoat doimiy hamroh bo‘lishini tilaydi.