Янгиликлар
10
⚡️Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish bo‘yicha respublika markazida o‘quv-seminari o‘tkazildi.
Adliya vazirligi tashabbusi bilan, "Xotin-qizlar huquqlari bo‘yicha dolzarb ikki oy" loyihasi doirasida Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, sudyalar va yuridik universitet professor o‘qituvchilaridan iborat Respublika targ‘ibot guruhi tomonidan Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish bo‘yicha respublika markazida o‘quv-seminari o‘tkazildi.
Ananaviy va videokonfrensaloqa shaklida o‘tkazilgan mazkur tadbirda respublikaning barcha hududlarda joylashgan reabilitatsiya markazlari xodimlari hamda mahalla raislarining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlari, yoshlar va mahalla faollaridan iborat jami mingdan ziyod xotin-qizlar ishtirok etdi.
Tadbir davomida "Ayollarga huquqiy madad" amaliy qo‘llanmalari reabilitatsiya markazlari kutubxona fondiga topshirildi.
Tadbir tafsilotlari ''Toshkent" telekanalining "Toshkent 24'' informatsion dasturida efirga uzatiladi.
Telegram / Facebook / Мурожаат учун: @Poytaxtadliyabot