Янгиликлар
10
Alisher Navoiyning 581 yilligi va Zahiriddin Muhammad Boburning 539 yilligi munosabati bilan ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar tashkil etildi
Joriy yilning 10-fevral kuni Shayxontohur tuman yuridik xizmat ko'rsatish markazi va tuman adliya bo'limi bilan hamkorlikda Toshkent shahridagi P.Benkov nomidagi respublika rassomchilik va san'at kollejida 9-fevral gʻazal mulkining sultoni Alisher Navoiyning 581 yilligi va 14-fevral buyuk sarkarda, davlat arbobi, boburiylar saltanatining asoschisi Zahiriddin Muhammad Boburning 539 yilligi munosabati bilan ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar tashkil etildi.
Tadbirda kollejning oʻquvchi va oʻqituvchilariga buyuk bobokalonlarimizning hayoti va ijod namunalari haqida batafsil ma'lumotlar berildi.
Bundan tashqari, Xotin-qizlar huquqlari bo'yicha qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun -mohiyati va ahamiyati tushuntirildi.
Tadbir so'ngida, ishtirokchilarni qiziqtirgan savollariga atroflicha javoblar berildi.