Янгиликлар
15
Toshkent matbaa-noshirlik kasb-hunar kollejida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi
O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan joriy yilning fevral-mart oylari "Xotin - qizlar huquqlari bo'yicha dolzarb ikki oy" deb e'lon qilingan hamda xotin-qizlar huquqlari kafolati va ularga berilayotgan imtiyozlar mazmun-mohiyati tushuntirish bo'yicha o'quv-seminarlar va tadbirlar o'tkazilishi rejalashtirilgan.
Shu munosabat bilan, joriy yilning 15-fevral kuni Shayxontohur tuman adliya bo‘limi tomonidan Toshkent matbaa-noshirlik kasb-hunar kollejida xotin-qizlar ishtirokida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Tadbirda, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Uy-joyga muhtoj xotin-qizlarni uy-joy bilan ta’minlash hamda Toshkent shahrida boshpanasiz, og‘ir turmush sharoitiga tushib qolgan fuqarolarning yashash sharoitlarini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 737-sonli qarori hamda xotin-qizlar uchun qonunchilikda mavjud imtiyozlar haqida batafsil tushuntirishlar berildi.