Янгиликлар
17
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 3- dekabrdagi “Oila institutini yanada rivojlantirish va yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi 820-sonli qaror ijrosi amalda
Bugun “HILTON” mehmonxonasida joylashgan 3-sonli Nikoh uyi, hamda tuman FHDYO bo‘limida Shayxontohur tuman adliya bo‘limi, tuman Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limi huzuridagi “Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash markazi” tomonidan Ahil va mustahkam oila-jamiyat tayanchi” shiori ostida navbatdagi o‘quv seminar tashkil etildi.
O‘quv seminarda Nizom talablariga muvofiq taklifnoma asosida nikoh qurish istagida bo‘lgan yosh kelin-kuyovlar taklif etildi va yosh oila quruvchilarga malakali mutaxassislar tomonidan o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazildi.
O‘quv seminar yakunida 20 nafar juftlikka SERTIFIKATLAR topshirildi.