Янгиликлар
24
Yunusobod tuman hokimligida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash samaradorligini oshirish mavzusida seminar o’tkazildi
Yunusobod tuman hokimligida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash samaradorligini oshirish mavzusida seminar o’tkazildi
Yunusobod tuman adliya bo‘limi tomonidan 2022-yil 23-fevral kuni davlat organlari va tashkilotlari tuman tuzilmalarida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash samaradorligini oshirish, ijro intizomini mustahkamlash, ish yuritishni takomillashtirish maqsadida tuman hokimligi binosida murojaatlar bilan ishlashga mas’ul tarkibiy bo‘linma xodimlari uchun seminar tashkil etildi.
Seminar ishtirokchilariga murojaatga qo‘yilgan talablar, murojaatga javobni rasmiylashtirish tartibi, anonim murojaatlar va ularni ko‘rib chiqish tartibi, murojaatlarni ko‘rmasdan qoldirish va tugatish asoslari tushuntirili. Bugungi kunda murojaatlar bilan ishlash sohasida amaliyotda yuzaga kelayotgan muammolar va ularning yechimlari seminar ishtirokchilar bilan birgalikda interaktiv usullardan foydalangan holda muhokama qilindi.
Shuningdek tuman xalq ta’limi bo‘limi murojaatlar ishlash bo‘limi xodimi tomonidan umumiy o‘rta ta’lim maktablarida ijro intizomiga mas’ul xodim shtat birligi mavjud emasligi, o‘qituvchilarga ushbu vazifa yuklatilganligi hozirgi kunda muammo ekanligi yuzasidan tushuntirish berish yuzasidan berilgan savolga ushbu masalaga yechim sifatida Vazirlar Mahkamasining 297-son qaror bilan tasdiqlangan Nizomni qo‘llash tartibi tushuntirib berildi.
Seminar ishtirokchilari tomonidan murojaatni ko‘rib chiqish qachon tugatilgan deb hisoblanishi yuzasidan berilgan savolga O’zbekiston Respublikasining "Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida"gi Qonun asosida javob berildi.