Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 203-60-03

Elektron manzil
toshkent@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

28

“Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to'g'risida"gi Qonunning mazmun-mohiyati tushuntirildi


⚡Joriy yilning 25 fevral kuni Olmazor tuman hokimligi majlislar zalida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Olmazor tumani Xalq qabulxonasi va tuman adliya bo'limi hamkorlikda davlat organlari va tashkilotlarining xodimlari ishtirokida “Davlat organlari, tashkilotlar va ularning mansabdor shaxslari tomonidan murojaatlarni samarali ko'rib chiqilishini tashkil qilish chora-tadbirlari” mavzusida o'quv-seminar tashkil qilindi.

Seminar davomida, O'zbekiston Respublikasining 2017-yil 11 sentabrdagi O'RQ-445-sonli “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to'g'risida"gi Qonunning mazmun-mohiyati tushuntirildi.

Shuningdek, ishtirokchilariga O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari orqali kelib tushayotgan murojaatlarni o'z vaqtida sifatli ko'rib chiqilishini ta'minlash bo'yicha tavsiyalar berildi.