Янгиликлар
28
Chilonzor tuman adliya bo'limi tomonidan VMQ-737-son qarori aholiga tushuntirildi
O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan joriy yilning fevral-mart oylari "Xotin - qizlar huquqlari bo'yicha dolzarb ikki oy" deb e'lon qilingan hamda xotin-qizlar huquqlari kafolati va ularga berilayotgan imtiyozlar mazmun-mohiyati tushuntirish bo'yicha o'quv-seminarlar va tadbirlar o'tkazilishi rejalashtirilgan.
Shu munosabat bilan, joriy yilning 25 fevral kuni Chilonzor tuman adliya bo‘limi tuman Mahalla va oilani qo'llab-quvvatlash bo'limi bilan hamkorlikda tumanda joylashgan 164-sonli umumta'lim maktabida tumandagi “Temir daftar” va “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlar ishtirokida davra suhbati tashkil etildi.
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Uy-joyga muhtoj xotin-qizlarni uy-joy bilan ta’minlash hamda Toshkent shahrida boshpanasiz, og‘ir turmush sharoitiga tushib qolgan fuqarolarning yashash sharoitlarini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 737-sonli qarori hamda “Temir daftar” va “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlar uchun qonunchilikda mavjud imtiyozlar haqida batafsil tushuntirishlar berildi.