Янгиликлар
01
XODIMLARGA TO‘LANISHI LOZIM BO‘LGAN RAZRYADLARIGA MOS ISH HAQLARI ADLIYA ARALASHUVI BILAN HAL ETILDI
Mirobod tuman adliya bo‘limiga fuqarolar M.Q va E.Plar murojaat qilib, tuman xalq taʼlimi bo‘limi tasarrufidagi maktab xodimi ekanliklarini bildirib, oliy maʼlumotli mutaxassislarga ish beruvchi tomonidan 6-razryad bo‘yicha ish haqi to‘lab kelinayotganligi va 7-razryad bo‘yicha ish haqi to‘lanmasdan kelayotganligidan norozi bo‘lib, ushbu masalani hal qilishda amaliy yordam berishni so‘rab yo‘llagan murojaati o‘rganib chiqildi.
O‘rganish jarayonida, murojaat muallifi M.Q va E.Plarning umumiy o‘rta taʼlim maktabi direktorining tegishli buyrug‘iga asosan maktabning xodimlar bilan ishlash bo‘yicha inspektor lavozimiga tayinlanib, u bilan ish beruvchi o‘rtasida mehnat shartnomasi tuzilganligi hamda tuman xalq taʼlimi bo‘limi tomonidan xodimlar bilan ishlash bo‘yicha inspektor M.Q va E.Plarga 7-razryad bo‘yicha ish haqi to‘lab berilmaganligi maʼlum bo‘ldi.
Bundan tashqari, tuman xalq taʼlimi bo‘limi tomonidan 2022 yil 21 yanvarda taqdim etilgan maʼlumotlarga ko‘ra, xodim M.Q ga 2021 yil 1 avgust oyidan boshlab 7-razryad bo‘yicha jami 1 237 110 so‘m miqdorida qo‘shimcha ish haqi hamda E.Pga 2020 yil 1 yanvar oyidan boshlab 7-razryad bo‘yicha jami 2 017 192 so‘m miqdorida qo‘shimcha ish haqi razryaddan kelib chiqib to‘lab berilishi lozimligi xisoblab berilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 6 sentyabrdagi 743-sonli qarori bilan “O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablag‘lari hisobiga saqlanadigan tashkilotlarda band bo‘lgan xizmatchilarning keng tarqalgan lavozimlari xodimlari ayrim toifalari mehnatiga haq to‘lash bo‘yicha razryadlar” 4-ilovaga muvofiq tasdiqlangan bo‘lib, ko‘rsatilgan lavozimlarda ishlayotgan xodimlarga ish haqi uchun qanday razryadlar belgilanishi kerakligi ko‘rsatilgan. Shunga ko‘ra, 4-ilovaning 6-bandiga asosan, Oliy maʼlumotli muhandislar, mutaxassislar va inspektorlar – 7-razryad qilib belgilanishi lozim.
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 154-moddasi 1-qismida ish beruvchi o‘zining moliyaviy holatidan qatʼiy nazar, xodimga bajargan ishi uchun belgilangan mehnat haqi shartlariga muvofiq ushbu Kodeksning 161-moddasida ko‘rsatilgan muddatlarda to‘lashi shartligi belgilangan.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, Mirobod tuman adliya bo‘limi tomonidan tuman xalq taʼlimi bo‘limiga taqdimnoma kiritildi.
Mirobod tuman xalq taʼlimi bo‘limining 2022 yil 4 fevraldagi 07-5/1-100-sonli taqdimnoma ijrosi yuzasidan bergan xatiga ko‘ra, fuqaro M.Q foydasiga 1 237 110 (bir million ikki yuz o‘ttiz yetti ming bir yuz o‘n) so‘m, fuqaro E.P foydasiga 2 017 192 (ikki million o‘n yetti ming bir yuz to‘qson iki) so‘m ish haqlari qayta xisob kitob qilinib to‘lab berildi. Kelgusida ushbu xodimlarga oylik ish haqi 7-razryad bo‘yicha to‘lab borilishi maʼlum qilindi.
Toshkent shahar adliya boshqarmasi