Янгиликлар
10
ADLIYA ARALASHUVI BILAN MADANIYAT XODIMLARIGA QARIYIB 56 MLN. SO‘MLIK TO‘LOVLARNING UNDIRILISHI BELGILANDI
Uchtepa tuman madaniyat bo‘limi xodimlarining moddiy rag‘batlantirish mablag‘lari to‘lanmayotganligidan norozi bo‘lib qilgan shikoyatlari Uchtepa tuman adliya bo‘limi tomonidan o‘rganib chiqildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 26 maydagi “O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 4730-son qarorining 11-bandida, 2021 yil 1 yanvardan boshlab davlat xizmatchilari uchun mehnatga haq to‘lashning yagona tizimi joriy etilguniga qadar Madaniyat vazirligi, hududiy madaniyat boshqarmalari, tuman va shahar madaniyat bo‘limlari xodimlari uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjetidan ushbu harajatlar uchun Madaniyat vazirligi huzuridagi “Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish” jamg‘armasiga ajratiladigan mablag‘lar hisobidan moddiy rag‘batlantirishning turlari joriy etilgan.
Lekin, mazkur to‘lanishi lozim bo‘lgan mablag‘lar qaror talablariga zid ravishda Uchtepa tuman madaniyat bo‘limi xodimlariga o‘z muddatlarida to‘lanmasdan kelinganligi aniqlandi.
Ushbu holatlar yuzasidan tuman adliya bo‘limi tomonidan Fuqarolik ishlari bo‘yicha Uchtepa tumanlararo sudiga to‘rt nafar fuqaroning manfaatini ko‘zlab daʼvo arizalari kiritildi.
Natijada, kiritilgan ushbu daʼvo arizalar sud tomonidan to‘liq qanoatlantirildi va tuman madaniyat bo‘limi zimmasiga xodimlarga to‘lanmasdan qolgan qariyib 56 mln. so‘mlik to‘lovlarni to‘lab berish majburiyati yuklatilib, murojaatchilarning buzilgan huquqlari tiklanishiga erishildi.Uchtepa tuman madaniyat bo‘limi xodimlarining moddiy rag‘batlantirish mablag‘lari to‘lanmayotganligi to‘g‘risida qilgan shikoyatlari Uchtepa tuman adliya bo‘limi tomonidan o‘rganib chiqildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 26 maydagi “O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 4730-son qarorining 11-bandida, 2021 yil 1 yanvardan boshlab davlat xizmatchilari uchun mehnatga haq to‘lashning yagona tizimi joriy etilguniga qadar Madaniyat vazirligi, hududiy madaniyat boshqarmalari, tuman va shahar madaniyat bo‘limlari xodimlari uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjetidan ushbu harajatlar uchun Madaniyat vazirligi huzuridagi “Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish” jamg‘armasiga ajratiladigan mablag‘lar hisobidan moddiy rag‘batlantirishning turlari joriy etilgan.
Lekin, mazkur to‘lanishi lozim bo‘lgan mablag‘lar qaror talablariga zid ravishda Uchtepa tuman madaniyat bo‘limi xodimlariga o‘z muddatlarida to‘lanmasdan kelinganligi aniqlandi.
Ushbu holatlar yuzasidan tuman adliya bo‘limi tomonidan Fuqarolik ishlari bo‘yicha Uchtepa tumanlararo sudiga to‘rt nafar fuqaroning manfaatini ko‘zlab daʼvo arizalari kiritildi.
Natijada, kiritilgan ushbu daʼvo arizalar sud tomonidan to‘liq qanoatlantirildi va tuman madaniyat bo‘limi zimmasiga xodimlarga to‘lanmasdan qolgan qariyib 56 mln. so‘mlik to‘lovlarni to‘lab berish majburiyati yuklatilib, murojaatchilarning buzilgan huquqlari tiklanishiga erishildi.
Uchtepa tuman adliya bo‘limi