Янгиликлар
12
Joylarda targ’ibot tadbirlari davom etmoqda
Joriy yilning 11-may kuni Olmazor tuman yuridik xizmat ko‘rsatish markazi tomonidan tuman tibbiyot birlashmasida navbatdagi huquqiy targ‘ibot tadbirlari tashkil etildi.
Tadbirda, yuridik xizmat ko‘rsatish markazi xodimlari tomonidan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 18-martdagi PQ-173-son qarorining mazmun-mohiyati va ahamiyati tushuntirildi.
Shuningdek, Olmazor tuman tibbiyot birlashmasining kadrlar bilan ishlash buyicha mutaxasissislariga, xodimlar bilan tuzilgan mehnat shartnomasiga o‘zgartirish kiritish va uni bekor qilish asoslari, ularni to‘g‘ri rasmiylashtirish tartibi, xodimlarga intizomiy jazo berish jarayonida ish beruvchi tomonidan alohida e'tibor qaratish lozim bo‘lgan holatlar, shuningdek, Mehnat kodeksida ko‘rsatilgan ayollar va oilaviy vazifalarni bajarish bilan mashg‘ul shaxslarga beriladigan qo‘shimcha kafolatlar to‘g‘risida tushunchalar berildi.
Tadbir yakunida, xodimlar tomonidan berilgan savolllarga Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi xodimlari tomonidan javoblar berildi.