Янгиликлар
Yevropa Kengashi hamda Markaziy Osiyo davlatlari delegatsiyalari Yunusobod tumani Davlat xizmatlari markazi faoliyati bilan tanishdi
Shu kunlarda Yevropa Kengashi hamda Markaziy Osiyo davlatlari delegatsiyalari xalqaro konferensiyada ishtirok etish maqsadida Toshkent shahrida bo‘lib turishibdi.
Yevropa Kengashi hamda Qozog‘iston, Qirg‘iziston hamda Tojikiston davlatlari delegatsiyalari vakillari bugun poytaxtimizdagi Yunusobod tumani Davlat xizmatlari markaziga tashrif buyurishdi.
Tashrif davomida Toshkent shahar adliya boshqarmasi boshlig‘i A.Turdiyev Yunusobod tumani markazi faoliyati, fuqarolar uchun yaratilgan sharoitlar hamda qulayliklar bilan tanishtirdi.
O’z navbatida delegatsiya a’zolari tomonidan yurtimizda davlat xizmatlari ko‘rsatish sohasiga katta qiziqish bildirildi hamda yaratilgan qulayliklar e’tirof etildi.