Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 203-60-03

Elektron manzil
toshkent@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

10

"Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Qonuning mazmun-mohiyati va ahamiyati tushuntirildi.


Joriy yilning 10-may kuni Olmazor tuman adliya bo’limi tomonidan tuman maktabgacha ta’lim bo’limida tumandagi maktabgacha ta`lim tashkiloti direktorlariga korrupsiya va uning turlari, oqibatlari va javobgarlik choralari, korrupsiyani yo‘qotish va unga nisbatan kurashish usullari bo‘yicha huquqiy targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.

Tadbirda, Oʻzbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 29-iyundagi “Oʻzbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-6013-son Farmonining mazmun-mohiyati va ahamiyati tushuntirildi.
Tadbir davomida, ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga mutaxassislar tomonidan javob berildi.