Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 203-60-03

Elektron manzil
toshkent@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

11

#Adliya_yangiliklari


O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senat raisi va Bosh vaziri tomonidan 2022-yil 31-oktabrda tasdiqlangan “Xotin-qizlarni qo‘llab quvvatlash, ularning ma’naviyati va madaniyatini yuksaltirish, ijtimoiy faolliklarini oshirish bo‘yicha “Toshkent shahar tajribasi”ni yaratish chora-tadbirlari” rejasiga muvofiq har bir mahallada huquqiy targ‘ibot tadbirlarini o‘tkazish belgilangan. 

Shu yuzasidan Uchtepa tumanidagi "Farhod", "Tinchlik", "Birlik", "Hayratiy", "Oqmachit", "Taqachi" mahallalarida tuman adliya bo'limi xodimlari, mahalla xotin-qizlar faollari, tuman targ'ibot guruhi mutasaddi xodimlari tomonidan "Huquqiy bilimlar" va "Oila-turmush sohasidagi huquqbuzarliklarning oldini olish" mavzularida targ'ibot tadbirlari o'tqazildi. Tadbir jarayonida ishtirok etgan xotin qizlar tomonidan o'zlarini qiziqtirgan savol va takliflar bilan murojaat qilinib, ularga mutaxassislar tomonidan kerakli tavsiya va maslahatlar berildi.