Янгиликлар
16
Toshkent shahar adliya boshqarmasi tizimidagi bo‘sh ish (vakant) lavozimlarga ishga qabul qilish bo‘yicha E’LON
E’LON
Lavozimlar ro‘yxati:
T/r Tuman nomi Lavozim nomi Shtat birligi
1 Учтепа тумани Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshlig‘i 1
2 Юнусобод tumani Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshlig‘i 1
3 Mirobod tuman Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshlig‘i 1
Jami 3 ta shtat birligi
TUMANI YURIDIK XIZMAT KO‘RSATISH MARKAZI BOSHLIG‘I.
Faoliyat yo‘nalishi:
• yuridik xizmat ko‘rsatiladigan davlat organlari va tashkilotlari faoliyatini huquqiy jihatdan ta’minlash;
• davlat tashkilotlariga sifatli va malakali yuridik yordam ko‘rsatish;
• davlat tashkilotlari xodimlarining huquqiy savodxonligi va huquqiy madaniyatini oshirish;
• davlat tashkilotlarining mulkiy hamda boshqa huquqlari va qonuniy manfaatlari o‘z vaqtida, har tomonlama va samarali himoya qilinishini ta’minlash;
• davlat tashkilotlari tomonidan qabul qilinayotgan hujjatlarning qonuniy hamda har tomonlama puxta va sifatli bo‘lishini ta’minlash.
Faoliyat sohasi asosida quyidagi bilim-ko‘nikmalarga ega bo‘lish zarur:
• faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha qonunchilik va huquq amaliyotini yuqori saviyada bilish;
• axborotni tahlil qila olish va umumlashtirish, axborot-tahliliy materiallar tayyorlash;
• aniq tadbirlar rejasini ishlab chiqish va amalga oshirish;
• huquqiy va rasmiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash;
• jamoada ishlash qobiliyatiga ega bo‘lish;
• sohani va qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlash;
• qaror qabul qilish va kommunikabillik qobiliyatiga ega bo‘lish;
• huquqiy targ‘ibot ishlarini amalga oshirish;
• rasmiy hujjatlarni tayyorlash;
• kompyuter va boshqa orgtexnika, zarur dasturiy ta’minotlardan foydalana olish.
Rasmiy talablar:
yurisprudensiya mutaxassisligi bo‘yicha oliy ma’lumotga ega bo‘lish;
• mutaxassislik bo‘yicha kamida 2 yil ish staji, shu jumladan rahbarlik lavozimida 1 yil, muqaddam bevosita faoliyat yo‘nalishida ishlaganlar afzallikga ega bo‘ladi;
•davlat tilini mukammal bilish hamda xorijiy tillarni (rus va ingliz tillari) mukammal bilish (ustuvorlik beriladi).
MA’LUMOT UChUN:
Murojaat muddati va manzil:
Nomzodlar 2022-yil 18-ноyabrga qadar O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining http://hr.adliya.uz/ saytiga кирган ҳолда шахсий профилларининг эълонлар қисмидан lavozimni tanlab yuborish tugmasini bosish lozim. (ma’lumot uchun telefon: 71-203-60-06)
Ishga qabul qilish tartibi va savollar doirasi bilan https://www.minjust.uz/uz/about/jobs/vac_questions/ havola orqali tanishishingiz mumkin.
Adliya organlari va muassasalariga ishga qabul qilish tartibi buzilgan taqdirda yoki korrupsiya holatlari haqidagi xabarlarni Adliya vazirligining 207-04-64 telefon raqamiga yoki @antikorbot telegram kanali orqali hamda 1008 qisqa raqami orqali habar berishingiz mumkin.
Nomzod faqat bitta lavozimga hujjatlarini yuborishi hamda test sinovlari boshlanganligi to‘g‘risidagi habar yuborilgan vaqtdan boshlab 48 soat davomida test sinovlarini topshirgan bo‘lishi lozim.