Янгиликлар
Toshkent shahar adliya boshqarmasi va tuman adliya bo'limi Davlat xizmatlari markazlari tomonidan sayyor qabullar tashkil etilmoqda.
#Adliya_yangiliklari
Toshkent shahar adliya boshqarmasi va tuman adliya bo‘limlari tomonidan mamlakatimizda “Inson qadri” tamoyili birinchi oʻringa qoʻyilganligi, aholini rozi qilish, ularning ogʻirini yengillashtirib, hayotini qulaylashtirishda Davlat xizmatlari markazlarining oʻrni beqiyosligini inobatga olgan holda “Mobile ID” tizimidan sayyor tartibda (joyiga chiqqan holda) roʻyxatdan oʻtkazish boʻyicha sayyor qabullar tashkillashtirilmoqda.
Jumladan, Olmazor, Chilonzor, Yunusobod, Bektemir va Uchtepa tuman adliya bo‘limlari Davlat xizmatlari markazlari xodimlari tomonidan poytaxtimizda joylashgan bozorlarda davlat xizmatlarini koʻrsatish boʻyicha sayyor qabul tashkil qilinmoqda.